Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 30 yanvar kuni institutning asosiy binosi va Mashinasozlik fakulteti binosining ochiq maydonlarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida xotira tadbiri o‘tkazildi.

Xotira tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi va institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ma’naviy-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy sohalarda qoldirgan boy merosining mazmun-morhiyati, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida o‘rin tutishi, yoshlarni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, shu bilan bir qatorda yuksak rivojlangan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga javoban dahldorlik hissi bilan yashash kerakligi xususida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, xotira tadbirida talabalar “Islom Karimov – istiqlol me’mori”, “Buyuklar o‘lmaydi, qalblarda mangu yashaydi” “Biz hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaymiz” “Islom Karimov va yoshlar”, “Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, buyuk yo‘lboshchi” “Biz yoshlar O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidan minnatdormiz” mavzularida ma’ruzalar qildilar hamda institutning “TMJ” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi O.Odilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan “Bobom ruhi biz yoshlarda yashaydi” she’ri ifodali o‘qildi. Tadbir Andijon viloyat televideniyesi tomonidan tasvirga olindi.

Tadbirda jami 3000 dan ziyod professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.