Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 30 yanvar kuni Andijon shahrida joylashgan “Sahovat internat uyi”da institut jamoasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida xotira tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Q.Muftaydinov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi I.Kobulov va talabalar R.Tursunov, O.Odilov, A.Muzrobxonov, R.Kuchqorov, N. Topvoldiev va A.Uraimovlar o’z ma’ruzalari hamda madaniy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

O’tkazilgan tadbir sahovat uyida istiqomat qiluvchi keksalarda katta ttaassurot qoldirdi, shuningdek, sahovat uyi ma’muriyati tomonidan institut jamoasiga minnatdorchilik bildirildi. Tadbirda institutning 30 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.