Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“O‘zavtosanoat» Aksionerlik Kompaniyasi qoshidagi “Toshkent Politexnika muzeyi» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan 2017 yilning 17-yanvar kuni Yosh ixtirochilar kuni ga bag‘ishlab ko‘rgazma o‘tkazildi. Ko‘rgazmada bizning institutimizdan  5 nafar talabalar o‘zlarining ixtirolari va amaliy ishlanmalari bilan faol qatnashdilar:

1.  Xalimov Javoxirbek – “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo‘nalishi 1-kurs 208-16 guruh talabasi: “Avtomobil yurish qismining masofadan boshqariladigan zamonaviy elektron plansheti”.

2. Mamajonov Ilxomjon – “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi 1-kurs 203-16 guruh talabasi: “Aylanma harakatlanuvchi avtomobil o‘rindig‘i”.

3. Sobirov Sodiqjon – “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi 1-kurs 203-16 guruh talabasi: “Ikki funksiyali yozuv taxtasi”.

4. Sulaymonov Jo‘rabek – “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo‘nalishi 1-kurs 213-16 guruh talabasi: “Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma”

5. Mo‘minov Saidasror – “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishi 1-kurs 197-16 guruh talabasi: “Er qimirlayotganini ogohlantiruvchi qurilma”.

Ushbu guruhga “Avtomobilsozlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Qayumov va “Er usti transport tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Yusupovlar rahbarlik qildilar. Ko‘rgazma yakunida barcha ishtirokchilarga Toshkent Politexnika muzeyining yosh ixtirochilar tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat va esdalik sovg‘alar berildi. Sobirov Sodiqjonning “Ikki funksiyali yozuv taxtasi” ishlanmasi “Texnik ijodkorlik” nominasiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlandi. Ko‘rgazma davomida ixtirochilar o‘zlarining ishlanmalari taqdimotlarini o‘tkazdilar va turli ommaviy axborot vositalariga intervyu berdilar.