Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutiga 2016 yil 24 yanvar kuni soat 1100 da Janubiy Koreya Elchixonasi qoshidagi Koreya halqaro xamkorlik agentligi (KOICA) Koreys volontyorlarini O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha kordinator, Janubiy Koreya fuqarosi Dju Xo Li va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Abdukarimov Bekzod lardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Andijon mashinasozlik institutida 2016-yil 1-noyabr kunidan boshlab faoliyat olib borayotgan Koreya xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) volontyori Janubiy Koreya fuqarosi CHoleon Vonning ishini baxolash, monitoring qilish, hamda shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirtshdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida KOICA delegatsiyasi bilan olib borilgan muzokaralarda Andijon mashinasozlik instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z.Jo‘raev va Axborot texnologiyalar bo‘limi  boshlig‘i J.Axmadaliyevlar ishtirok etdilar.

1100da boshlangan tashrif institutning asosiy binosidagi “Axborot texnologiyalar” markazida bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya soat 12-45 rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv – Andijon Davlat Universitetiga jo‘nab ketdilar.

Tashrif davomida erishilgan natijalar:

  1. Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) volontyori faoliyati institut raxbariyati tomonidan ijobiy baxolandi va bu borada  KOICA vakolatxonasiga tegishli rasmiy minnatdorchilik xati yuborilishi rejalashtirildi.
  2. KOICA volontyorlar dasturini rivojlantirish maqsadga muvofik deb topildi xamda ushbu dastur bo‘yicha institutning etakchi kafedralari bilan avtomobilsozlik, mashinasozlik texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish hamda axborot texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha institutda elektron xukumat tizimini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish agentlikning volontyorlar dasturi eksperti tomonidan ma’qullandi va shu bo‘yicha tegishli yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.
  3. Aloqalarni kengaytirishda Andijon mashinasozlik institutiga KOICA ekspertlarini taklif qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ko‘rsatildi va agentlik tomonidan kichik loyixalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topildi.
  4. Andijon mashinasozlik instituti va Janubiy Koreya  etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalarni o‘rnatishda KOICA tashkiloti o‘z xissasini qo‘shishga rozilik bildirdi.