Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2016 yil 28 noyabr kuni Andijon viloyat hokimi SH.Q.Abdurahmonov institutda tashkil etilgan 106-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylov uchastkasidagi tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishib, o’zining qo’shimcha taklif va xulosalarini bildirib o’tdi.

Tashrif davomida viloyat hokimining institut talabalari bilan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Andijon viloyat hokimi tomonidan O’zbekistion Respublikasi Prezidentligiga saylovida yoshlarning faol ishtiroki, siyosiy jarayonlarda fuqarolar hamda uyushmagan yoshlar orasida institut talabalari tomonidan olib borilishi zarur bo’lgan targ’ibot ishlari, “Bir saylovchi – bir ovoz” shiorini keng ommaga yetkazishda yoshlarning roli xususida fikrlar bildirildi.

Yig’ilishda institut rektori O’.R.Salomov o’z so’zida, istiqlol yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik va fuqarolar totuvligi mustahkamlanib, xalqimizning turmush farovonligi hamda aholining siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faolligi, huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi, ayni paytda yoshlarning dunyoqarashi va ongu tafakkuri o’zgarib, siyosiy va fuqarolik faolligi, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissi ortib borayotganiligini o’tgan yillarda bo’lib o’tgan saylovlar natijasida yaqqol ko’rish mumkinligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi bandida  “O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar”, deb ta’kidlangan. Bu modda fuqarolarning, jumladan yoshlarning faol saylash huquqini belgilaydi. SHunga asosan boshqa qonunlarda ham mazkur tartib o’z aksini topgan bo’lib, xususan “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunlarning 2-moddalarida O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egaligi to’g’risida ma’lumotlar berdi.

Shundan so’ng, yig’ilganlarga “Xalq farzandi” nomli videorolik namoyish etildi.

Yig’ilish so’nggida, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi R.Karimov so’zga chiqdi hamda saylovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar eng muhim siyosiy jarayonlaridan biri ekanligi, unda fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar ochiq va oshkorolik printsiplari asosida tashkil etilgan siyosiy jarayonda faol ishtirok etishi, o’zi istagan nomzodga ovoz berish imkoniyatiga ega bo’layotganligi, bu kabi olijanob maqsadlarga erishish uchun barcha fuqarolar, ayniqsa, birinchi marotaba saylovda qatnashayotgan yoshlar saylovga oid qonunchilik talablarini yaxshi bilishlari va uning mohiyatini chuqur anglab yetishlari lozimligi xususida gapirib o’tdi.

Shu yil 4 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida institut “Kamolot” YOIH boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda davra suhbatlari, seminarlar va uchrashuvlar o’tkazilayotganligi va mazkur tadbirlarda yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini oshirish, uni o’tkazish tartib-qoidalari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyadagi va saylov qonunchiligidagi o’zgartishlar  bilan tanishtirish, yoshlarning saylash va saylanish huquqidan foydalana olishlari, saylov jarayonlarida faol qatnashish lozimligi to’g’risida tushunchalar berilayotganligi hamda kelajak avlodning siyosiy faolligini oshirish eng asosiy vazifalardan biri ekanligi to’g’risida to’htaldi. Uchrashuvda jami 120 nafar talabalar va 30 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.