Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2016 yil 30 noyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida “Kamolot” YOIH Boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “Men xalq farzandiga ovoz beraman!” shiori ostida targ’ibot loyihasi o’tkazildi.

Targ’ibot loyihasida institut “Kamolot” YoIH yetakchisi I.Kobulov ishtirok etib, institut talabalarini 2016 yil 4 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida tushunchalar berdi va talabalarni saylovda faol ishtirok etish, har bir saylovchi bir ovozga ega ekanligi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi bandida “O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar”, deb ta’kidlanganligi va bu modda fuqarolarning, jumladan, yoshlarning faol saylash huquqini belgilashi, shunga asosan boshqa qonunlarda ham mazkur tartib o’z aksini topgan bo’lib, xususan “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunlarning 2-moddalarida O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egaligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan “Mening ovozim – mening Prezidentim” targ’ibot loyihasini nafaqat institut talabalari orasida, balki, talabalarning yashash joylaridagi uyushmagan yoshlar orasida ham targ’ibot ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Targ’ibot loyihasi so’nggida O’zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Xalq farzandi” videofilmi namoyish etildi. Tadbirda jami 120 nafar talabalar ishtirok etdilar.