Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2016 yil 29 noyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida viloyat hokimligining 2016 yil 15 noyabrdagi 07/02-219-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan asosan Andijon viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi bitlan hamkorlikda 1 dekabr – “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Men OIV profilaktikasi tarafdoriman” shiori ostida seminar tashkil etildi.

Seminarda Andijon viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassislari R.Abduqayumov va I.Tursunovlar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar hamda talabalarga OIVning salbiy oqibatlari, kelib chiqish sabablari uning profilaktikasi xususida atroflicha tushunchalar berdilar hamda mavzuga oid tarqatma materiallar berildi.

Shuningdek, seminar ishida institutning “Original” quvnoqlar va zukkolar terma jamoasi tomonidan tayyorlangan giyohvandlik, diniy ekstremizm, odam savdosi, sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova hamda “Kamolot” YOIH Boshlang’ich tashkiloti yetakchisi v.v.b. I.Qabulovlar ishtirok etib, talabalar orasida mavzu yuzasidan targ’ibot ishlarini amalga oshirdilar.

Seminar davomida O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan OIV salbiy oqibatlari hamda profilaktikasi xususida suratga olingan videoroliklar namoyish etildi.

Seminar so’nggida talabalarning qiziqtirgan savollariga Andijon viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berdilar. Tadbirda jami 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 235 nafar talabalar faol ishtirok etdilar. Seminar Andijon viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi.