Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutiga Koreya halqaro xamkorlik agentligi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Andijon mashinasozlik institutiga 2016 yil 26 oktyabr kuni O‘zbekistondagi Koreya xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) ning Koreys volontyorlarini O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha kordinatori, Koreya fuqarosi Chong Isl, volontyor Choleon Won va KOICA eksperti Anvarjon Shomirzaevlar tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Andijon mashinasozlik institutiga taklif etilgan koreys volontyori Choleon Wonning kelgusi 2 yillik faoliyatini boshlashi uchun ish joyi va sharoitlari bilan tanishish, institut vakillari bilan uchrashib, 2 yil davomida volontyor bajaradigan ishlari va vazifalarini muxokama qilishdan iborat. Tashrif davomida KOICA delegatsiyasi bilan olib borilgan uchrashuvda Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalar markazi boshlig‘i J.Axmadaliev, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi O.Tursunov, Metrologiya Standartlashtirish va Maxsulot sifati menedjmenti kafedrasi stajyor tadqiqotchisi I.Qosimovlar ishtirok etdilar. Mexmonlar bilan uchrashuv davomida ish joyi va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, volontyor Choleon Wonning kelgusi 2 yillik faoliyati davomida bajaradigan ishlari, vazifalari xaqida batafsil kelishib oldilar. Bundan tashqari, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xam volonyorlar taklif qilish bo‘yicha xam mexmonlar ma’lumotlar berdilar. Muzokaralar natijasiga ko‘ra volontyor Choleon Won 27 oktyabrdan boshlab Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari markazida dasturlash bo‘yicha mutaxassis sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.