Select Page

Xorijiy malaka oshirish va ta’lim

Horijda malaka oshirish va stajirovka

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining PQ-2909-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”ga asosan xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlarini malakasini oshirish, stajirovka o‘tkazish, bitiruvchilarni magistratura va doktoranturada o‘qitish bo‘yicha ajratilgan kvotalarga muvofiq 2017-2018 o‘quv yili uchun nomzodlarni aniqlash maqsadida institutimizda joriy yilning 3-4 may kunlari tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda insitutda faoliyat olib borayotgan yetakchi professor-o‘qituvchilar, hodimlar, hamda, iqtidorli talabalardan iborat 30 dan ortiq nomzodlar qatnashdilar. Insitut rektori, prorektorlari va yetakchi kafedra mudirlari, hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuzilgan komissiya a’zolari ko‘rsatilgan nomzodlarni mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida o‘z oldiga ko‘ygan maqsad va vazifalari, strategik reja va dasturlari, oliy ta’lim muassasidagi tadbiqi, hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan saralash olib bordilar.
Maxsus ishlab chiqilgan saralash me’zonlariga ko‘ra o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra institutdan Italiyaning Turin Politexnika Universitetiga doktorantura(PhD)ga 1 nafar, qisqa muddatli stajirovkaga 1 nafar, malaka oshirish uchun 1 nafar va magistraturada talim olish uchun 3 nafar nomzodlar, hamda, Moskva Davlat Texnika Universitetida malaka oshirish uchun 6 nafar nomzodlar komissiya a’zolari tomonidan maqsadga muvofiq deb topildi.