Select Page

Turli stipendiya va tanlovlar

  “Kamolot” stipendiyasi dastlab 2002 yilda “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan tashkil etildi. “Kamolot” stipendiyasi talabalarga tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasasidagi yoki Harakatning faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy va huquqiy savodxonligiga qarab beriladigan rag`batlantiruvchi mukofotdir. Stipendiya o`tgan davrda 500 dan ortiq iqtidorli va faol yoshlarga taqdim etildi. Kamolot Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan tashkil etilayotgan turli loyihalar, o`quv-seminarlar, festivallarda ko`plab bilimli, izlanuvchan yoshlar kashf etilmoqda hamda ular moddiy va ma`naviy rag`batlantirib kelinmoqda.

“Kamolot” stipendiyasiga intiluvchan, bilimi va iqtidori bilan tengdoshlariga o`rnak bo`ladigan va qolaversa, oliygohda a`lo baholarga o`qiydigan talabalar loyiq deb topiladi. Shuningdek, talabaning “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati haqida to`liq tushunchaga ega bo`lishi, harakatning jamiyatda va o`zining shaxsiy hayotida tutgan o`rni tog`risidagi fikrlari ham muhim ahamiyatga ega. Stipendiyaga nomzodini qo`yayotgan ishtirokchi iqtidori va faolligini ko`rsatuvchi ilmiy-publistik materiallar, to`plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy va publistik maqolalari, tezislari, shuningdek, faxriy yorliq, diplom, sertifikat kabi hujjatlarni taqdim etishi kerak. Ishtirokchi yoshlar o`rtasida amalga oshirishga mo`ljallab, yoshlar hayotiga oid qonunchilikka takliflar, jamoatchilik asosida amalga oshirilishi mo`ljallangan choralar, klublar, anjumanlar, festivallar, tanlovlar, ko`rgazmalar tashkil etish bo`yicha loyiha ishlab chiqishi, ushbu loyihaning nomi, maqsadi, kutilayotgan natijasini qayd etishi kerak.

“Kamolot” stipendiyasi tanlovi 3 bosqichdan iborat bo`lib, sovrindorlari o`zlari ta`lim olayotgan yo`nalish, mutaxassislik, tajribasi va qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi targ`ibot guruhlariga ajratiladi:

  1. a) Huquq targ`ibotchilari
  2. b) Ma`naviyat targ`ibotchilari
  3. c) Sog`lom turmush tarzi targ`ibotchilari
  4. d) Ilm-ma`rifat targ`ibotchilari

Hujjatlar oliy ta`lim muassasasidagi “Kamolot” YIH bo`limiga topshiriladi. Batafsil ma`lumotlarni Kamolotning rasmiy sayti(https://kamolot.uz)dan yoki http://edu.teasoft.uz/ manzilidan olish mumkin.

Manbaa: http://edu.teasoft.uz/