Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

O’quv uslubiy bo’lim

O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i

JO’RAXONOV MUZAFFAR

  Telefon: (0374) 223-43-67

  E-mail: m.juraxonov@andmiedu.uz

 

O‘quv – uslubiy bo’lim

 

O‘quv – uslubiy bo‘lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan xalqning boy intelektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning mukammal tizimini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. Shu bilan birga o‘qitishning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlarini izchilligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash. O‘quv dasturlarida umumiy va qo‘shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shuningdek, o‘qitish mazmun – mohiyatini real xayot extiyojlariga maksimal darajada yaqinlashtirishni ko‘zda tutadi.

O‘quv – uslubiy bo‘lim institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv – uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv – uslubiy bolim ning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini NIZOM talablariga mosligini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning qayta tayorlash va malaka oshirish rejasini shakllantirish va bajarilishini ta’minlash;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish.
  • O‘quv- uslubiy bo‘lim da boshliq, nazoratchi, uslubchi, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Institut o‘quv-uslubiy bolimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

So‘ngi yillarda o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan institutda mavjud kafedralarni moddiy texnika bazasini mustaxkamlab, o‘quv jarayonini takomillashtirib borishga axamiyat berilmoqda. Mashg’ulotlarni yuqori saviyada olib borishlik uchun tajribali professor-o’qituvchilar bilan bir qatorda yosh va iqtidorli o‘qituvchilar jalb etilmoqda.

O‘quv jarayoni tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalariga mos ravishda tuzilgan ishchi o’quv rejalar asosida tashkil etish va uni bajarilishini nazorat qilishga xamda talabalarning malakaviy amaliyotlarini sifatli o‘tkazilishini tashkil etishga aloxida e’tibor berilmoqda.

Hozirgi kunda institutda 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Institutda 3 ta fakultet va 18 ta kafedra mavjud bo‘lib, bo‘lim tomonidan ularni faoliyati doimiy ravishda muvofiqlashtirib borilmoqda.

Institut bo‘yicha jami talabalar kontingenti 4157 nafar bo‘lib, ularning 538 nafari (12.9 %) ni qizlar tashkil etadi. Institutda 2017-2018 o‘quv yilida 274 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatmoqda. SHulardan 68 nafari (24,8 foiz) ayollardir. Professor-o‘qituvchilarning 8 nafari (2,9 foiz)ni fan doktorlari va professorlar, 44 nafari (14,5 foiz)ni fan nomzodlari va dotsentlar, 222 nafari (81,6 foiz)ni katta o‘qituvchilar va assistent o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ilmiy saloxiyat 21,4% ni tashkil etadi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi besh yilda bir nechta elektron darslik, 20 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar nashr qilindi. Ular Axborot-Resurs Markaziga yetarli miqdorda keltirilib, o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

Institutning asosiy ma’ruza xonalarida va kafedralarda mashg‘ulotlarni multimedialardan samarali foydalangan xolda o‘tkazilishi talabalarni bilim ko‘rsatkichlarini oshishiga yordam bermoqda. Barcha kafedralar texnik vositalar bilan jixozlangan ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar xonalarida kompyuterlar va proyektorlar yordamida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning ko‘rgazmali jadvallarini, sxemalarini, diagrammalarini ekranga chiqarish yo‘li bilan mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va ximoya qilishda kompyuter va proyektorlardan foydalanish yuqori samara bermoqda.

Institutda o‘qitish jarayonlarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilinishi asosida, mukammallashtirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda.

Institutda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-xuquqiy xujjatlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi o‘quv jarayonini takomillashtish bo‘yicha uslub va vositalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishni ta’minlash, o‘quv-uslubiy majmualarning xamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotini yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab institutda o‘tiladigan 100% fanlarning masofadan o‘qitish tizimini o‘z ichiga olgan elektron majmualarini yaratish yo‘lga qo‘yildi.