Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page

Yer usti transport tizimlari

Kafedra mudiri

BAKIROV LUTFILLO YULDOSHALIYEVICH
t.f.f.d., (PhD)

Bakirov Lutfillo Yuldoshaliyevich 1987 yili 6-sentabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida ishchilar oilasida tavallud topgan. 1999-2004 yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani 15-DIMI o’quvchisi. 2005-2006 yillarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 11643 XQ askari (katta operator) imtiyozli tavsiyanoma bilan qaytgan. 2007 yilda Toshkent avtomobil yo`llari institutining “Bino va inshoatlar qurilishi” yo’nalishiga 1-o’rin davlat granti asosida o’qishga qabul qilinib, 2011 yilda imtiyozli tamomlagan. 2008 yilda Po’lat Bobohonovich Bobohonov nomidagi stipendiyasi sohibi. 2011 yilda Toshkent avtomobil yo`llari institutining “Avtomobil yo’llari” mutaxassisligiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilinib, 2013 yilda imtiyozli tamomlagan. 2013-2016 yillarda institutni imtiyozli tugatib Andijon mashinasozlik instituti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasida o’qituvchi- assistant lavozimida ishlagan. 03.01.2017-02.07.2017 Toshkent Davlat texnika universiteti “Materialshunoslik” kafedrasi katta ilmiy hodim izlanuvchi. 2017-2019 yillarda Toshkent Davlat texnika universiteti “Materialshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti va o’rindoshlik asosida kafedra katta o’qituvchisi. 2017-2019 yillarda bajarilishi rejalashtirilga OTF-2-41 sonli fundamental loyihasida kichik ilmiy hodim. 2019 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusu bilan ta’sis etilgan “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni sohibi. 2019-2020 yillarda bajarilishi rejalashtirilga OTF-2-41 sonli fundamental loyihasida katta ilmiy hodim. 2020 x.k. Andijon mashinasozlik instituti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi mudiri.
Hozirgi kungacha hammualliflikda 2 ta IAPga talabnoma, 4 ta dasturiy guvohnoma DGU, 2 ta monografiya 75 dan ziyod ilmiy, 10 dan ortiq uslubiy ishlar muallifi. Ilmiy maqolalarim Italiya, Ispaniya, AQSh, Avstriya, Qozog’iston, Rossiya, Hindiston, va boshqa davlatlarda chop etilgan. Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan bajarilishi 2021-2023 yillarga mo’ljallangan “Nano-termoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksid smolasi asosida), nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik hamda tribologik xossalarini takomillashtirish” mavzusidagi O’zbekiston-Hindiston qo’shma ilmiy amaliy loyihasini rahbari. Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning ilmiy kotibi.

Telefon: (+99897) 490-30-37 (+99891) 491-30-37

E-mail: lutfillo.bakirov@yandex.ru

 

Kafedra tarixi

1991 yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtlarda Andijon viloyatida Toshkent davlat Texnika universtitetining Andijon filiali tashkil etildi. 1996 yilda «YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi «Uzavtosanoat» uyushmasi raisi Q.Parpiev va Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori A.Sotvoldiev tashabbuslari bilan institut Ilmiy Kengashining 1996 yil 31 avgust 1-sonli qarori va institut rektorining 1996 yil 2 sentabr 591 «a» sonli buyrug‘iga binoan «Yer usti transport tizimlari» nomi bilan tashkil etilgan. Institut Ilmiy Kengashining 1999 yil 30 avgust 1-sonli qarori va rektorning 1999 yil 3 sentabrdagi 629-sonli buyrug‘iga asosan kafedraning nomini davlat standartiga monand qilish maqsadida unga «Transport vositalaridan foydalanish» nomi berildi. Kafedrani tashkil etishda texnika fanlari doktori, professor marxum Toshlanov Ne’matjon Yuldashevichning xizmatlari beqiyosdir. Shuningdek kafedra tashkil etishda texnika fanlari doktori, professor Jumaboyev Alijon Bakishevich ham ulkan hissa qo‘shgan. 1999-yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Tojiboy Almataev Orziqulovich rahbarlik qilgan.

Kafedrani tashkil etish mustaqil davlatimizning avtomobil sanoatini barpo etilishi, xususan Andijon viloyatining Asaka shahrida «Uz DAEWOO avto Co» qo‘shma korxonasining va bu avtomobil zavodi uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan qator qo‘shma korxonalarni ishga tushishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Kafedraning labaratoriya bazasini zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlash, mustahkamlash va yuqori malakali mutaxxassis tayyorlashda «Uz DAEWOO avto” zavodi, “Andijonavtotexxizmat” xissadorlik jamiyati, “Uzavtodaryotrans” agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi, Andijon viloyati ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, “Oq-yor XXI” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bilan xamjixatlikda keng ishlar olib borgan.

Vazirlikning 1995 yil 3 may 136-sonli buyrug‘i bilan kafedra qoshida 5A 521208 – “Avtomobil servisi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tashkil etilgan. 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga talabalar qabul qilindi.

Institut rektorining 1998 yil 20- apreldagi 321-sonli buyrug‘iga asosan kafedraning o‘quv bazasida “Transport vositalaridan foydalanish” talabalari va boshqa fuqorolar  uchun “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish xuquqini beruvchi “Avtomobil maktabi” tashkil etildi va hozirgi kungacha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan.

2011 yil 20 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli qaroriga asosan Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Andijon mashinasozlik institutiga aylantirishi to‘grisidagi 2011 yil 25 iyundagi 214-son qarori va Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy kengashining 2011 yil 3 avgustdagi 10 sonli bayonnomasi hamda institut rektorining 2011 yil 3 avgustdagi 545-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektorining 2011 yil 15 avgustdagi 563-sonli buyrug‘i bilan kafedraga “Yer usti transport tizimlari” nomi bilan qayta tashkil etildi.

Kafedraga mudirlik qilgan professor-o‘qituvchilar

                                   

 Jumaboyev Alijon Bakishevich               Almatayev Tojiboy Orzuqulovich                Ikromov Nurillo Avazbekovich                Bakirov Lutfillo Yuldoshaliyevich
            1996-1999 yillar                                    1999-2012 yillar                                                  2012-2020 yillar                                      2020- yildan hozirgi vaqtgacha


KAFEDRA TARKIBI

Hozirgi kunda kafedrada jami 19 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar: jumladan, 1 nafar professor, 2 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent; 3 nafar t.f.f.d., (PhD),  3 nafar katta o‘qituvchilar, 10 nafar assistentlar.

Yer usti transport tizimlari” kafedrasi professor – o`qituvchilar
RO`YHATI

Bakirov Lutfillo Yuldoshalievich
Kafedra mudiri

Yo’nalishi: Bino va inshoatlar qurilishi (bakalavr),
Mutaxassisligi: Avtomobil yo‘llari (magistr),
Ixtisosligi: 05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosm ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi”

+99891 491-30-37    +99897 490 30 37

lutfillo.bakirov@yandex.ru
l.bakirov@andmiedu.uz

 

 Ikromov Nurillo Avazbekovich
t.f.n., dotsent

Yo’nalishi: Transport vositalaridan foydalanish (bakalavr)
Mutaxassisligi: Avtomobil servisi (magistr)
Ixtisosligi: 02.05.17 “Laklar , bo’yoqlar va organik qoplamalar texnologiyasi ”

+99891 479-46-46

n.ikromov@andmiedu.uz
nurillo.08@mail.ru

 

 

 Mamadaliev  Muxammadjon Xabibulaevich
t.f.n., dotsent

Yo’nalishi: Gidromelioratsiya ishlarini mehanizatsiyalsh (bakalavr)
Mutaxassisligi: Injiner  – mehanik
Ixtisosligi: 05.20.01 “Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash texnologiyalar”

+99890 220-04-05

m.mamadaliyev@andmiedu.uz

 

 

 Xalilov Mirkomiljon Mirzatolipovich
(PhD) katta o‘qituvchi

Yo’nalishi: Agroinjeneriying (bakalavr)
Mutaxassisligi: Dehqonchilikni mexanizatsiyalash (magistr)
Ixtisosligi: 05.07.01 – Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация машиналари. Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация ишларини механизациялаш

+998 93 444-50-32

m.xalilov@andmiedu.uz

 

 Muqimova Davlatoy Karimovna
(PhD) katta o‘qituvchi

Yo’nalishi: Kasbiy ta’lim(Agroinjeneriya) (bakalavr)
Mutaxassisligi: Dehqonchilikni mexanizatsiyalash (magistr)
Ixtisosligi: 05.07.01 – Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация машиналари. Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация ишларини механизациялаш

+998 97 9955383

d.muqimova@andmiedu.uz

 

  Xolmatov Umidjon Sadirdinovich
katta o`qituvchi

Yo’nalishi: Yer usti transport tizimlari (bakalavr),
Mutaxassisligi: Avtoservisi

+99890 210-35-05

u.xolmatov@andmiedu.uz

 Ortiqov Sarvarbek Sattaralievich
katta o`qituvchi

Yo’nalishi: Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash (bakalavr),
Mutaxassisligi: Avtomobil servisi (magistr

+99890 140-84-84

s.ortiqov@andmiedu.uz

 To`raev Shoyadbek Axmadjonovich

Yo’nalishi: Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash (bakalavr),
Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)

+99891 174-99-66

sh.to`raev@andmiedu.uz

 

 

Rahmanov Odilbek Abduvahabovich
assistent

Yo’nalishi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (bakalavr),
Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)

+99893 418-71-15

o.raxmanov@andmiedu.uz

 

Shukurov Mansurxon Maxkamovich
Katta o`qituvchi

Yo’nalishi: Avtomobil va avtomobil xo`jaligi  (bakalavr),
Mutaxassisligi: Injener mexanik (magistr)

+998934490164

masurxon.shukurov@mail.com

 

Sobirov Rasujon Vaxobovich

assistent

Yo’nalishi: Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash (bakalavr), Mutaxassisligi: Qishloq xo`jaliginimexanizatsiyalash (magistr)
+998934190404
rasubek.sobirov199027@gmail.com

 

 

Raxmanov Xushnudbek

assitent
Yo’nalishi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (bakalavr),   Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)
+998930090094

xurshid033191@gmail.com

 

 

Ro`zimatov Muxammadjon

assitent

Yo’nalishi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (bakalavr), Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)
+998932528252

ruzimatovmuhammadjon34@gmail.com

 

 

To‘ychiev Xasanboy Toxirjon o‘g‘li

assitent

Yo’nalishi: Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi (bakalavr), Mutaxassisligi:Yer usti transport vositalari va tizimlari  (magistr)
+99899 368-88-39

x.to’ychiyev@andmiedu.uz

 

 Mamasoliev Bunyobek Maxamatjon o‘g‘li

assitent

Yo’nalishi: Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi (bakalavr), Mutaxassisligi:Yer usti transport vositalari va tizimlari  (magistr)
+99893 449-95-76

bunyodbek9576@gmail.com


 Nuridinov Murodali Alijonovich

assitent

Yo’nalish:Transport vositalarini ishlatish va ta’minlash (bakalavr), Mutaxassisligi:Yer usti transport tizimlari (yo’l qurilish mashinalari) (magistr)
+998 90 210-33-63

m.nurdinov@andmiedu.uz

 

 Odilov Xayrullo Rahmon`jon o‘g‘li

assitent

Yo’nalishi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (bakalavr), Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)

+99893 413-11-58

x.odilov@andmiedu.uz

 

 

Almatayev Nozimjon Tojivoy o’g’li

assitent

Yo’nalishi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (bakalavr), Mutaxassisligi: Avtomobilsozlik va traktorsozlik (magistr)

+99890 205 02 03

n.almatayev@andmiedu.uz

 

KAFEDRA OLDIDAGI VAZIFALAR

 “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi Andijon mashinasozlik institutida “Transport va logistika” fakultetining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Kafedrada Yo`naliga kirish, Yagona transport tizimlar,  Avtomobillar konstruksiyasi,  Yagona transport tizimlari, Yo`l xarakati qoidalari, Avtomobil yo`llari, Maxsus avtomobillar, Muxandislik faoliyati asoslari, Transport vositalarida ishlatiladigan eksplutatsion materiallar, Texnik tizimlarni boshqarish, Transport logistikasi, Yagona transport tizimlari, Transport vositalari detallarining ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyalari, Avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalash, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, Avtomobillar servisi asoslari, Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi, Avtomobillarda tashish va xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari, Avtomobillar, traktorlar konstruktsiyasi, Moylar va ishchi suyuqliklar, Yo`l xarakati qoidalari va amaliy boshqarish kabi fanlari bo`yicha o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlari
quyidagilardan iborat:

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • kafedra yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
  • kafedra fanlari bo`yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • tayanch oliy o`quv yurtlari professori–o`qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
    • o`quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo`yicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan o`quv rejalaridagi fanlar bo`yicha belgilangan mashg`ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish, ta`lim sifatini ta`minlash;
    • talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
    • talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo`yicha tadbirlar o`tkazish;
    • iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan nomdor stipendiyalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo`yicha choralar ko`rish;
    • talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo`lib bajarishga o`rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
    • tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta`minlash;
    • kafedra o`qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o`quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko`rib chiqish, tajribali o`qituvchilar faoliyatini o`rganish, umumlashtirish va ilg`or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
    • zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy o`quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o`quv auditoriyalarda tashkil qilish, masofali o`qitish elementlarini rivojlantirish;

    ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

    • byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko`rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo`jaliklar bilan aloqa o`rnatish;
    • kafedra ixtisosligi bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazish, ta`lim xizmati ko`rsatish tizimini rivojlantirish;
    • xorijiy ta`lim  muassasalari bilan ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
    • talabalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda turli mavzular, yo`nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo`yicha to`garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo`sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
    • kafedrada o`qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to`liq va sifatli o`tkazilishini ta`minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
    • institut axborot-resurs markazini kafedra ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o`quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to`ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

    Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy avtomobil sohasidagi yetuk bakalavr tayyorlash, o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo`yilgan.

    KAFEDRANING IQTIDORLI TALABALARI

    Kafedraning iqtidorli talabalari respublikaning “Istedod” jamg‘armasi sovrindorlari bo‘lib rivojlangan horijiy davlatlarda o‘qib kelishgan. Bulardan “Avtoservis” mutaxassisligi bitiruvchisi Karimov Avazbek AQShning TEXAC universiteti magistraturasini «Kompyuter dizayni» mutaxassisligini, «Transport vositalaridan foydalanish» yo‘nalishi talabasi Poshshayev Nurrillo AQShning Minnisota shtatida «Buyuk Tomas» universitetida mashinasozlik yo‘nalishini bitirib keldilar va hozirgi kunda respublikamizning boshqaruv idoralarida hizmat qilmoqdalar.

    Bundan tashqari kafedra talabalari orasidan 10 tadan ziyod Beruniy, Ulug‘bek va 1 ta Islom Karimov nomidagi Davlat stependianti sovrindorlari soxibi bo‘lgan.

    Ushbu bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha 20 ta fanlardan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Barcha fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv me’yoriy hujjatlar mavjud.


    Bakalavr

     

    5310600 – “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi”5111000 – “Kasb ta’limi (5310600 – YeUTT va UE (AT))”5610100 – “Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)”531050 – “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” 5310600 – “Transport vositalari muhandisligi”

    5620400 – “Yo’l xarakatini tashkil etish asoslari”

    5620600 –  “Avtomobil servisi”

    5620100 – “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (avtomobil transporti)”.

Magistratura

5A310601 – “Yer usti transport vositalari va tizimlari”  

ILMIY – TADQIQOT

Nano-termoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksid smolasi) nanoo‘lchamli to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan kompozitlar va polimer kompozit qoplamalarning mexanik va tribologik xossalarini takomillashtirish. – Rahbar: L.Yu.Bakirov. Ijrochilar: T.O.Almatayev, U.A.Ziyamuxamedova, N.T.Almataev.

Avtomobilsozlikda mashina kuzovining payvandlangan joylariga surtiladigan va avtomobilni germetikligini ta’minlovchi PVX plastizol yaratish (past temperaturada quriydigan). – Rahbar: N.A.Ikromov. Ijrochilar: L.Yu.Bakirov, S.S.Ortiqov, M.M.Sobirov, A.Sh.G‘iyasidinov, B.M. Mamasoliyev.

F-2-41. “Mashinasozlik uchun mahalliy ashyolar va mahalliy energetik resurslar asosidagi geterokompozit polimer materiallarining strukturaviy shakllanish jarayonlarining va funksional xususiyatlarining tadqiqotlari”. – Rahbar: U.A.Ziyamuxamedova. Ijrochilar: L.Yu.Bakirov va boshqalar.

Ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida olib borilmoqda:

 

“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi mudiri L.Yu.Bakirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilk bor ta’sis etilgan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2019 yil 13 sentabrdagi 12-q-q/36- q-q son qo‘shma qaroriga asosan, Guvoxnoma №002).

 

 

 

“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
tomonidan
nashr ettilgan 2019-2020 yil uchun o‘quv qo‘llanmalar:

 

“Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi”

O‘quv uslubiy qo‘llanma
531050 – “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”  talabalarini laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun

N.A.Ikromov, Sh.A.To’rayev

 

 

 

“Transport vositalarida qo`llaniladigan nometal materiallar” 

O‘quv uslubiy qo‘llanma 5610100- Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti) yo’nalishi talabalarini ma’ruza mashg’ulotini bajarish uchun.

N.A.Ikromov, Sh.A.To’rayev

 

 

 

 

“Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi”

O‘quv uslubiy qo‘llanma. 531050 – “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”  talabalarini laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun

N.A.Ikromov, Sh.A.To’rayev

 

 

 

 Интеллектулъные дисретные системи технологических процеессов на основе волоконных и полых световодов

Monografiya

Yu.G.Shipulin, U.S.Xolmatov

 

 

 

Основы обеспечения эксплуатационий надежности гетоокомпозитных матариалов для деталий мащин

Monografiya

A.B Jumaboyev, U.A.Ziyamuxamedov,  L.Yu.Bakirov, B.A.Sobirov, A.Sh Halimov.

 

 

 

 

2019-2020 o’quv yilida “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tamonidan
O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining quyidagi dasturiy guvohnomalar olindi:

 

№ DGU06066. Polifunksional polimer kompozitsion materiallarning strukturasini tadqiq qilish, tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish. O‘zR IMA,RA 2019 №3 301-302

№ DGU06067. Modifikatsiyalangan polimer kompozitsion materiallarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish. O‘zR IMA, RA 2019 №3 302-303

№ DGU 06756. Paxta tolasining mexanik jarohatlanishini ishqalanuvchi sirtlar haqiqiy tegishuv yuzasining nisbiy o‘zgarishi bo‘yicha baholash.O‘zR IMA,RA2019 №8591-592

№ DGU 06757. Kompleks omillar ko‘paytmasi minimal miqdori bo‘yicha texnologik jihoz ishchi sirtlari uchun qoplama materialini tanlash. O‘zR IMA,RA 2019 №8592-593

 

            2020-2021 o‘quv yilida 19 nafar professor-o‘qituvchilar jumladan: 15 nafar asosiy shtatda va 4 nafar ichki o‘rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda, kafedra ilmiy salohiyati 30% ni tashkil etdi. 2020 yilda 2 nafar doktorant M.Xalilov va D.Muqimovalar dissertatsiya ishlarini himoya qildilar.

Ilmiy ishlar bo‘yicha: 2020 yilda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 3 ta patent, 18 ta OAK tassarrufidagi jurnallarda, 31 ta xalqaro jurnallarda,  15 ta xalqaro miqiyosida o‘tkazilgan anjumanlarda, 14 ta Respublika miqiyosida o‘tkazilgan anjumanlarda  maqolalar chop etildi.

Ilmiy saloxiyatni oshirish maqsadida: Ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida, kafedra professor-o‘qituvchilaridan 3 nafari maqsadli va tayanch doktoranturaga (A.Abdullayev, X.Raxmonov, D.Moydinov), 5 nafar stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchi sifatida  (U.Xolmatov, S.Ortiqov, A.G‘iyasidinov, M.Nurdinov, X.To‘ychiyev) ilmiy tadqiqot faoliyatini olib bormoqdalar.

Xozirgi kunda kafedrada “Avtomobil servisi” nomli to‘garak faoliyat olib bormoqda.

“Ustoz-shogird” tizimi: Kafedrada pofessor-o‘qituvchilari talabalar bilan “Ustoz-shogird” an’analari asosida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda,  ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha  Respublikamizdagi nomdor stipendiyalariga  tavsiya etilmoqda. Jumladan, 2020 yilda “YeUTT va UE” yo‘nalishi talabalaridan Ibrohimova Muqaddas Muhammadsobir qizi – “Beruniy” va Azimov Sarvarbek Qayumjon o‘g‘li – “I.Karimov” nomidagi Davlat stipendiyalariga sazovar bo‘ldilar.

Ilmiy tadqiqot loyixalari: L.Yu.Bakirov raxbarligida bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan № UZB-Ind-2021-85  sonli Development, Mechanical and Tribological Characterization of Nano Thermoplast (polypropylene) / Thermo-reactive (epoxy resin) / Nano filler composites and Polymer coatings (Nano-termoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksid smolasi asosida), nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik xamda tribologik xossalarini takomillashtirish”) mavzusida O‘zbekiston-Hindiston hamkorligidagi xalqaro amaliy loyiha doirasida 2021 yilda institut xisobiga 500 mln so‘m tushdi.

Xozirgi kunga qadar 4 ta ilmiy loyixa tayyorlanib O‘zbekistor Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligiga taqdim etildi va xo‘jalik shartnomalari borasida xam jadal ishlar olib borilmoqda.

 

“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tamonidan
nashr ettilgan 2020-2021 yil uchun o‘quv qo‘llanmalar:

 “Hafli yuklarni tashish qoidalari”

O’quv qo’llanma. U.M.Turdialiyev, F.Y.Sultonova, M.A.Nurdinov.

 

 

 

 

 “Avtomobillarda xalqaro yuk tashish qoidalari (Halqaro haydovchilar uchun)” 

O‘quv qo‘llanma. L.Yu.Bakirov M.A Nurdinov 

 

 

 

 

 

 “Polimer materiallar”

O‘quv qo‘llanma. U.A.Ziyamuxamedova; L.Yu. Bakirov; B.M Tojiboev. 

 

 

 

 

“Dvigatellardagi silindr-porshen guruxining ishlashga ta’sir etuvchi omillar”

Monografiya. T.S.Xudoyberdiev  ; M.A.Ro‘zimatov 

 

 

 

 “Kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining parametrlarini asoslash va undan samarali foydalanishning ilmiy-texnik yechimlari”

Monografiya. M.X.Mamadaliev  R.A.Abdiraxmonov; M.M.Xalilov 

 

 

 

 

 

“Logistik zanjirda tez buziluvchan yuklarni avtomobil transportida yetkazib berish uslublarini

Monografiya. A.Sh.G‘iyosiddinov 

 

 

 

 

“YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
tomonidan 2021-yilda  tayorlangan o‘quv uslubiy nashrlar bo’yicha ma’lumot.

t/r Mualliflar Kafedra Adabiyot nomi Ishlanma nomi Ilmiy kengash qarori Ijro Izox
1 Jo‘raev Z.B.

Almataev T.O.

Parpiev O.A.

Ikromov N.A.

Shukurov M.M.

YeUTT “Diagnostika i texnicheskoe obslujivanie avtomobilya” O‘quv qo‘llanma 5-son

31-dekabr 2019-yil tavsiya etildi

Apreldagi vazirlik rayosatida ko‘rib chiqiladi Vazirlikka yuborilgan
2 Bakirov L.Yu.

Nurdinov M.A.

YeUTT “Avtomobillarda xalqaro yuk tashish qoidalari (Xalqaro xaydovchilar uchun)” O‘quv uslubiy qo‘llanma 5-son

30-dekabr 2020-yil tavsiya etildi

Aprel oyida chiqariladi  
3 Bakirov L.Yu.

Shukurov M.M.

Nurdinov M.A.

YeUTT “Yuk ortish va tushirish ishlari payitida ishchilar uchun xavfsizlik qoidalari” O‘quv uslubiy qo‘llanma 5-son

30-dekabr 2020-yil tavsiya etildi

Aprel oyida chiqariladi  
4 Isroilov Sh.Sh.

Nurdinov M.A.

Mamasoliyev B.M.

YeUTT “Axoli zich joylashgan xududlarda yo‘lovchi tashish tizimini boshqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish (Andijon shaxri misolida)” Monografiya 8-son

2-aprel 2021-yil tavsiya qilingan

Aprel oyida chiqariladi  
5 Isroilov Sh.Sh.

Nurdinov M.A.

 

YeUTT “Yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish va boshqarish” Darslik 8-son

2-aprel 2021-yil tavsiya qilingan

  May oyida vazirlikka yuboriladi

*IZOX-YeUTT kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayorlangan o‘quv uslubiy nashrlar

 

Kafedra a’zolari tomonidan shu kungacha  10 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta monografiya yaratilgan, 10 dan ortiq patent va avtorlik guvohnomalari, 30 ortiq ratsionalizatorlik takliflari olingan, 500 dan ortiq respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan, 500 dan ortiq xalqaro Ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilingan.

 

Hozirgi kunda kafedra qoshida 2 ta o‘quv labaratoriya xonasi va o‘quv ustaxonasi tashkil etilgan hamda zamonaviy avtomobillarning agregat va qismlari bilan jihozlangan. Birinchi laboratoriya xonasida yo’l qurilish va yo’l harakati qoidalari bo’yicha jihozlar joylashgan. Ikkinchi laboratoriya xonasida avtomobil va ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv stendlari joylashtirilgan.

 “Yer usti transport tizimlari” kafedrasida ishlab chiqarish korxonalari bilan yo‘lga qo‘yilgan integratsion hamkorlik ishlari. Bularga quydagi avtoservislarni  misol qilishimiz munkin: “Avtotexxizmat” ; “Mukammal”; “Manservis” va boshqalar.

Kafedra hozirgi kunga kelib quyidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari va nufuzli ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan :

Oliy o‘quv yurtlari

  1. Guruziya davlat texnologiya universiteti.
  2. Osh texnologiya universiteti.
  3. Toshkent avtomobil yo‘llar instituti. 
    1. Toshkent davlat texnika universiteti.
    2. Namangan muhandislik pedogogika instituti.
    3. Termiz davlat universiteti.
    4. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti

    Ilmiy-tadqiqot institutlari.

    1. Uz FA Mexanika instituti
    2. Uz FA «Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
    3. Belorus respublikasi Gomel MPMT ITI

    4.“Fan va tarakkiyot” ilmiy texnologik kompleksi.

    Ishlab chiqarish korxonalari

    1. “Uz Daewoo avto » zavodi.
    2. «Andijonavtotexxizmat» xissadorlik jamiyati.
    3. «Uz KORAM» qo‘shma korxonasi.
    4. “Oq-yor XXI” mas’uliyati cheklangan jamiyati
    5. “Uzavtodaryotrans” agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi
    6. Andijon viloyati ichki ishlar bo‘limi yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmas