Select Page

Texnologik mashinalar va jixozlar

Kafedra mudiri

Qobulova Nilufar Jalilovna

Telefon:  (+99890) 546-08-21

E-mail: nilufarqobulova@mail.ru

 

Kafedra tarixi

“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 2014 yil 20 avgustda institut rektorining № 333 p sonli buyrug‘iga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar” (payvandlash texnologiyasi) kafedrasi tashkil etildi.
2014 yil avgust oyidan boshlab kafedra mudiri sifatida Sh.Abdulxakimov faoliyat yuritgan.
Kafedrada 5320300-“Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavriat yo‘nalishi talabalari va 2-kurs 5A320311 – “Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari” mutaxassisligida 9 ta magistrant, 1-kurs 5A320308 – “Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligida 4 ta magistrantlari taxsil oldilar.

Kafedrada bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha

“Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Ekologiya”, “Payvandlash asosiy uslublari”, “Payvandlash jarayoni nazariyasi”, “Iqtisodiy geografiya va ekologiya”, “Muxandistlik faoliyati asoslari”, “Yo‘nalishga kirish”, “Metall va nometall materiallarga gaz alangasida ishlov berish”, “Jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ishonchlilik asoslari”.

Magistratura

“OOSMA” mutaxassisligi bo‘yicha: “Oziq-ovqat mashina va apparatlarini hisoblash va loyihalash”, “Soha yuk ko‘tarish, tashish mashinalari. Pnevmotransport qurilmalari”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”.
“PIChTJ” mutaxassisligi bo‘yicha: “Payvandlash jarayonlarining issiqlik nazariyasi asoslari”, “Payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish”, “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari va nazorat qurilmalari”, “Maxsus po‘lat va qotishmalarni payvandlash ilmiy asoslari” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
2015-2016 o‘quv yilida t.f.n. dotsent N.J.Qobulova kafedra mudiri sifatida faoliyat yurita boshladi.

Kafedra mas`ul yo’nalish va mutaxassisliklar:

  • 5320300-“Texnologik mashinalar va jihozlar
  • 5A320308 – “Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari”

Ta’lim mutaxassisliklari:

Mutaxassisligi bo‘yicha 1-kursda 3 ta, 2-kursda 4 ta magistrantlar taxsil olib kelmoqdalar.

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:

“Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Ekologiya”, “Payvandlash asosiy uslublari”, “Payvandlash jarayoni nazariyasi”, “Iqtisodiy geografiya va ekologiya”, “Yo‘nalishga kirish”, “Metall va nometall materiallarga gaz alangasida ishlov berish”, “Jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ishonchlilik asoslari”, “Mashinasozlikda payvandlash va ta’mirlashning asosiy uslublari”, “Payvand birikmalarining turlari, kuchlanishlar va deformatsiyalar”, “Mashinasozlik buyumlari va metall konstruksiyalarni defaktoskopiya asoslari”, “Ilmiy ijodiy izlanish asoslari”, “Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash”, “Mashinalar puxtaligi”, “Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash va ỹrnatish”, “Payvandlash konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish”, “Bosim ostida payvandlash”, “Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari”, “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”.

Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha:

“Payvandlash jarayonlarining issiqlik nazariyasi asoslari”, “Payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish”, “Maxsus po‘lat va qotishmalarni payvandlash ilmiy asoslari”, “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari va nazorat qurilmalari”, “Metallarni kavsharlash ilmiy asoslari”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Plastmassalarni payvandlash va yelimlash ilmiy asoslari” fanlaridan yetuk professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar.
2015 yilda kafedra dotsenti A.Yu. Raximov, N.J. Qobulovalar Germaniyaning Dortmund Texnika universiteti bilan olib borgan grant loyihasini muvaffaqiyatli yakunladilar N.J. Qobulova ushbu munosabat bilan joriy yilning 23 martdan 5 aprelga qadar Xalqaro grantning tugatilishiga bag‘ishlangan seminarda Germaniya davlatida ishtirok etdi.
Dotsent N.J. Qobulova YuNESKO tomonidan joriy etilgan Janubiy Koreya davlati tomonidan tashkil etilan grant loyihasini yutib oldi va 2015 yil yakuniga ko‘ra muvaffaqiyatli yakunladi.
Dotsent A.A.Abduraxmonov iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda xo‘jalik shartnomalari tuzildi. Jumladan 2015 yilda “GM-UZBEKISTAN” tarkibidagi qo‘shma korxonalarning 10 tasi bilan 218 mln. so‘mlik shartnoma imzolandi.“Uz-Kodji” OAJ korxonasi bilan 5.4 mln. so‘mlik shartnoma tuzildi. “Sharsharasiz oqim suvlarga mo‘ljallangan yangi modifikatsiyadagi MikroGES larni yaratish texnologiyasini joriy etish” mavzusida loyiha patentga taqdim etildi.
Kafedra dotsenti I.O. Sulaymonov “Andijon neft baza” korxonasi bilan 510 ming so‘mlik shartoma tuzildi.
Dotsentlar A.Yu.Raximov, A.A.Abduraxmonov, assistent A.A.Raximovlarning 2014 yilda Xalqaro jurnallarga berilgan ilmiy maqolalar 2015 yilda chop etildi.

Kafedra oldidagi vazifalar

  1. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari taqdim etiladigan yangi loyihalarni qo‘lga kiritish va ularni samarali olib borish.
  2. Yangi iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda xo‘jalik shartnomalari tuzish.
  3. Kafedra professor-o‘qituvchilariga yuklatilagan payvand jihozlardan foylanadigan o‘quv laboratoriya darslarini olib borish uchun mo‘ljallangan loyihani yakunlash.

Kafedraga ma’sul yo‘nalish va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo‘nalishlari:

1. Texnologik mashina va jihozlar
2. Hayot faoliyati xavfsizligi

Ta’lim mutaxassisliklari:

1. Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati

F.I.SHLavozimiMutaxassisligiTelefon raqami
1Qobulova Nilufar JalilovnaKafedra mudiri
t.f.n. dotsent
Tikuv buyumlari texnologiyasi va ularni konstruksiyalash(+99890) 546-08-21
2Abduraxmonov Abdurashid Ataxanovicht.f.n. dotsentTrikotaj ishlab chiqarish(+99891) 495-71-65
3Raximov Alisher Yusupjonovicht.f.n. dotsenttabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish(+99890) 573-01-59
4Sulaymonov Iqboliddin Otajanovicht.f.n. dotsentGeografiya o‘qituvchisi(+99893) 781-88-57
5Sadiqov Qaxarjon QadirovichKatta o`qituvchiInjener-mexanigi(+99890) 622-77-73
6Yusupov Ilxomjon IbragimovichKatta o`qituvchi
7Abdulxakimov Shavkatbek AbdullayevichKatta o`qituvchiPayvandlash ishlarining jihozlari va uning texnologiyasi(+99895) 203-19-61
8Igamberdiyev Madaminjon QuchqarboyevichKatta o`qituvchiMuhandis mexanik(+99890) 253-45-72
9Qirg‘izaliyev Nodirbek XoldarovichAssistentMuxandis –mexanik Payvandlab ishlab chikarish texnologiyasi va jixozlari(+99894) 102-46-02
10Raximov Akmaljon AlisherovichAssistentIpak ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha muxandis-texnolog(+99894) 430-76-89
11Abralov Maxmud AbralovichProfessorMuxandis-mexanik
12Dunyashin Nikolay SergeyevichDotsentMuxandis-mexanik(+99890) 187-16-03
13Qosimov Karimjon ZuxriddinovichDotsentMuxandis-mexanik(+99891) 604-55-90
14Isaboyev Toxir MexmonovichAssistentMuxandis –mexanik Payvandlab ishlab chikarish texnologiyasi va jixozlari(+99891) 481-31-57
15Qodirov Xamidullo MadaminjonovichAssistentGeograf, geografiya o‘qituvchisi(+99891) 288-38-07
16Tuychiyeva Dilrabo MamirjonovnaAssistent
Oziq-ovqat xavfsizligi texnologiyasi
(+99890) 383-48-63
17Qosimova Maloxit KarimovnaAssistent(+99897) 995-12-05
18Umarova Shaxnoza OlimovnaAssistentPayvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari(+99897) 990-91-55
19Xoshimov Xalimjon XamidjonovichAssistentPayvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari(+99897) 995-64-44
20Yo‘ldashev Shuxratbek Xabibullo o‘g‘liAssistent
Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari
(+99897) 990-91-01

Ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun:

1. Ekologiya
2. Hayot faoliyati xavfsizligi
3. Yo‘nalishga kirish (TMJ)
4. Mashinasozlikda payvandlash va ta’mirlashning asosiy uslublari
5. Fuqaro muxofazasi
6. Mashina va mexanizmlar xavfsizligi
7. Metal va nometal materiallariga gaz alangasida ishlov berish
8. Mashinasozlik buyumlari va metall konstruksiyalarni loyihalash
9. Radiatsiya xavfsizligi
10. Elektr xavfsizligi asoslari
11. Ergonomik biomexanika
12. Yo‘nalishga kirish (HFX)
13. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash
14. Mashinalar puxtaligi
15. Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash va ỹrnatish
16. Payvandlash konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish
17. Bosim ostida payvandlash
18. Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari
19. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
20. Ekologiya va atrof muxit muxofazasi
21. Mashinasozlikda payvandlash va jarayonlarining fizik-kimyo asoslari
22. Sanoat ishlab chiqarish
23. Payvandlash ta’minlash manbaalari

Ta’lim mutaxassisligi talabalari uchun:

1. Payvandlash jarayonlarining issiqlik nazariyasi asoslari
2. Payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish
3. Maxsus po‘lat va qotishmalarni payvandlash ilmiy asoslari
4. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari va nazorat qurilmalari
5. Plastmassalarni payvandlash va yelimlash ilmiy asoslari
6. Metallarni kavsharlash ilmiy asoslari
7. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Kafedralar 

1. Texnologik mashinalar va jihozlar

Mavzular

  • Mashinasozlik ishlab chiqarishida yukori ish unumdorligiga ega payvandlash jixozlari va usullarini joriy etish.
  •  Sanoat korxonalari chiqindilarini to‘la qayta ishlash va chiqindisiz texnogiyalarni sanoat korxonalariga joriy etish.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish:

Kafedra prfessor M.Abralov “Metal va nometal materiallariga gaz alangasida ishlov berish” nomli darslik yaratdi, dotsentlar N.Dunyashin “Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash texnologiyasi va jihozlari” nomli darslik, N.Qobulova “Magistratura talabalarini ilmiy faoliyatini tashkil etish va bajarish bo‘yicha” uslubiy qo‘llanma tayyorlanib chop etildi va dotsent I.Sulaymonov “Ekologiya” fanidan uslubiy qo‘llanma chop ettirilishi rejalashtirilmoqda.