Select Page

Oliy matematika

Kafedra mudiri

Abdullayev Abdumuxtor Ganiyevich

Telefon: (+99893) 631-72-36

 

 

Kafedra tarixi

1976 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Andijon filiali tashkil qilindi. Dastlab filial tarkibida faqat ikkita kafedra bo‘lgan. Bu kafedralardan biri «Moliya, buxgalteriya xisobi, statistika va oliy matematika» nomi bilan atalgan. Filial rivojlanishi bilan ma’lum bir yo‘nalish mujassamlangan mustaqil kafedralar tashkil qilina boshlandi. Bulardan biri 1979 yilning 15 mart oyida tashkil qilingan «Oliy matematika» kafedrasi edi. Kafedraga birinchi mudir etib fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent J.A.Azimov tayinlangan . Bu kafedra professor-o‘qituvchilari f.m.f.n., dots. A.K. Qodirov, f.m.f.n., dotsent F.A.Aliyev, katta o‘qituvchilar A.A. Abdullayev, P.J.Niyozov, B.G‘.G‘oipov, O.Sh. Sharipovlar oliy matematika, EXM va programmalashtirish, extimollar nazariyasi va matematik statistika fanlari buyicha mashg‘ulotlar olib borishgan.
Keyinchalik kafedra tarkibiga K.X.Axmedov, X.U.Sarimsakov, K.M.Axunov, M.M. Gordanov, N.S.To‘ychiboyev, A.G.Abdullayev, Sh.M.Qosimov, A.S.Xoshimovlar qo‘shildilar.
«Oliy matematika» kafedrasi bazasida «ASU va informatika» kafedrasi tashkil qilinib, bu kafedraga K.X.Axmedov, A.A.Abdullayev, P.J.Niyazov, X.S.Sarimsakov, O.Sh.Sharipovlar o‘tdilar. 1980 yildan kafedraga dotsent A.K.Kodirov mudirlik qildi.
1986-1992 yillarda kafedraga f-m.f.n., dotsent U.E.Egamberdiyev rahbarlik qildi. 1992 yildan kafedra mudiri etib f.m.f.n. A.G.Abdullayev tayinlandi.
1980 yili Andijonda TTESI ning maskani ochilib, unda f.m.f.n., dotsent T. Djalilova, t.f.n., dotsent S. Ergashev va boshqa bir qator matematiklar faoliyat olib bordilar. Bu maskandagi oliy matematika va algoritmlar nazariyasi keyinchalik oliy matematika va informatika deb nomlangan kafedraga dotsent T. Djalilova raxbarlik qilgan.
1995 yilda «Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti» hamda «Andijon tajriba o‘quv ishlab chiqarish markazi» birlashtirilib, «Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti» tashkil qilinganda ikkita kafedra birlashtirilib bitta kafedra tashkil qilindi. (Andmii). Bu institut tarkibidagi “Nazariy va amaliy matematika” kafedrasiga dastlab dotsent A.G Abdullayev, 1997 yildan esa, f.m.f.d. Sh.M. Qosimov raxbarlik qildi. Muhandislik markazining yetuk professor-o‘qituvchilaridan f.m.f.n., dots. T.A.Djalilova, t.f.d.,professor A.Mamatov va f-m.f.d. professor Zaynitdinov X. lar ham shu kafedrada uzoq yillar davomida ishlagan. t.f.n., dots. S.Ergashev, p.f.n., dotsent A.Axlimirzayev, k.o‘q. M.Axunovlar ham kafedrada faoliyat ko‘rsata boshladilar. 1996 yili kafedrada ishlash uchun f.m.f.n., dots. N.S.Muminov qabul qilindi.
Kafedra tashkil qilingandan beri turli nomlar bilan atalib kelindi. «Oliy matematika» (1979-1985), «Oliy va amaliy matematika» (1985-1992), «Oliy matematika va extimollik nazariyasi» (1992-1995), «Nazariy va amaliy matematika» (1995-2010), “Matematika va informatika”(2010-2011), 2011 yildan xozirga qadar “Oliy matematika”.
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada olib borishlari bilan birga katta hajmdagi ilmiy ishlarni ham olib bormoqdalar. Buning tasdig‘i uchun kafedra a’zolari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, metodik qo‘llanmalardir.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati

  1. Matematika
  2. Oliy matematika
  3. Iqtisodchilar uchun matematika
  4. Iqtisodiy matematik usullar va modellar
  5. Ekonometrika
  6. Matematik modellashtirish

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

F.I.SH.LavozimiE-mail
1.       Abdullayev Abdumuxtor GaniyevichKafedra mudiria.abdullayev1@andmiedu.uz
2.       Aliyev FarxodjonDotsentf.aliyev@andmiedu.uz
3.       Ergashev SultonmurodDotsents.ergashov@andmiedu.uz
4.       Djalilova Turg‘unoy AbdujalilovnaDotsentt.djalilova1.@andmiedu.uz
5.       Qodirov Zoxidjon EraliyevichKatta o‘qituvchiz.qodirov@andmiedu.uz
6.       Rasulova Tursinoy PoziljonovnaKatta o‘qituvchit.rasulova@andmiedu.uz
7.       Qo‘chqarov Muxiddin UmaraliyevichKatta o‘qituvchim.kuchkarov1@andmiedu.uz
8.       Djabborov Abdulla RaximovichKatta o‘qituvchia.jabborov76@andmiedu.uz
9.       To‘ychiyev Sherzodbek ShukirillayevichAssistents.to’ychiev111978@andmiedu.uz
10.   Dadaboyeva Marg‘uba MamasoliyevnaAssistentm.dadaboyeva@andmiedu.uz
11.   Jo‘rayev Shuxratbek MaxamadaliyevichAssistents.jurayev@andmiedu.uz
12.   Abduvaliyev Nurillo AbdujalilovichAssistentn.abduvaliev111985@andmiedu.uz
13.   Axmedov Sherdor BaxodirovichAssistents.axmedov1.@andmiedu.uz
14.   Mirzayev Akram O‘ktamjonovichAssistenta.mirzaev111989@andmiedu.uz

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

1.Differensial-integral hisobi usullari va ularni muhandislik masalalariga tatbiqi (Z. Qodirov)
2. Extimollik-statistik usullar va ularni muhandislik masalalariga tatbiqi. (A. Abdullayev)
3. Oliy matematikani o‘qitish metodikasi. (M. Qo‘chqarov)

Kafedrada doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar haqida ma’lumot

1. Axborotlar noaniqligi holatida fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlanishini immitatsion modellashtirish (Z.E. Qodirov)
2. Iqtisodiy yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni amalga oshirish texnologiyalari (“Oliy matematika” fani misolida) (M.U. Qo‘chqarov)
3. Rascheta – eksprementalnыe issledovaniya nelineynыx p uprugoprasticheskix parametrov protsesov sooudareniya i prolikaniya chastits pri vыsokokrasnom pryamom i kosom ix udare s mnogosloynoy pregradoy. (A.R. Djabborov)

Monografiya va o‘quv qo‘llanmalar yaratish

M.U. Qo‘chqarov – Iqtisodiy yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni amalga oshirish texnologiyalari (“Oliy matematika” fani misolida) – monografiya