Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page

Gidropnevmoyuritmalari kafedrasi

Kafedra mudiri

Mahmudov Sodiqjon Axmadjonovich

Telefon:     (+99894) 108-31-61

Email: m.sodiqjon62@mail.ru

 

 

 

Kafedra tarixi

   O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan    2014 yil 20 iyulda tasdiqlangan “Andijon mashinasozlik instituti kafedralarini tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining “Institut kafedralar tuzilmasini tasdiqlash haqida”gi №333-buyrug’i ijro uchun qabul qilindi va shu kundan boshlab Avtomobilsozlik (Mashinasozlik)  fakulteti tarkibida “Gidropnevmoyuritmalar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib, t.f.n.,dotsent Maxmudov Sodiqjon Axmadjonovich tayinlandi. 

Kafedra tarkibi

Sulaymanov Sharifjon Abdumanabovich                                                                                                                                        
Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent.  

 

 

 

Ibragimov Nasirjon  Sharafiddinovich
Katta o’qituvchi.

 

 Eshonxo’jaev Dilmurod Odilovich
Assistent.

 

 

Xojimatov Azizbek Asomiddinovich 
Assistent.

 

 

  

Parpiev Sayfidin Fazliddinovich 
Assistent

 

 

 

Shakirov Bobur Mirzo Baxtiyar  o’g’li 
Assistent.

 

                   Doktorantlar

 

Ахmаdjonov Sarvarbek  Sodiqovich

 

 

 

Qodirov Ziyodulla Abdumuxtarovich

 

 

 

Muminov Ulugbek Mamitbekovich

 

 

 

Kafedra talabalari

Umumkasbiy fanlari kafedrasi talabalari

Bakalavriat yo’nalishlari

1.Nazariy mexanika

2.Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari

3.Termodinamika va issiqlik texnikasi

4. Gidravlika

5.Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar

6.Gidravlika va issiqlik texnikasi

7.Gidrogazodinamika

8.Gidro va pnevmoyuritmalar

9. Qattiq jismlar mexanikasi

Ushbu fanlar bo’yicha  Muhandislik ishi va ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim sohasi bo’yicha barcha yo’nalishlarga dars mashg’ulotlari olib boriladi

(1-2-3 kurslar uchun)

Magistratura mutaxassisligi

Magistratura mavjud emas

Ilmiy faoliyat

  1. Sanoat va mashinasozlik ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni takomillashtirish.
  2. Pillaga sirtni faollashtirivchi moddalar bilan ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish asosida ipak mahsulotlari sifat ko’rsatqichlarini yaxshilash.
  3. Suyuqlik va gaz mexanikasi.
  4. Qishloq xo’jalik texnikalariga istiqbolli ximoya  ko’lamalarini qo’llab mustahkamligini oshirish.

Ilmiy va amaliy loyihalar

1.Biokimyo zavodi chiqindilarini sintezlash orqali  sirtni faollashtiruvchi moddalar asosida pillani saqlash va chuvash texnologiyalarini takomillashtirish.

2.Qishloq xo’jaligi va avtomobilsozlikda metallarni tajovuzkor muxitdan saqlash bo’yicha istiqbolli himoya qoplamalari

Kafedra yutuqlari

Kafedraning  mustaqil izlanuvchisi Sulaymanov Sharifjon Abdumanabovich  2019  yilda O’zbekiston  Respublika fanlar akademiyasiga qarashli   Namangan  muxandislik – texnologiya instituti xuzuridagi  ilmiy darajalar  beruvchi  PhD  30.05.2018.T.66.01 raqamli  Ilmiy Kengshda   05.06.02 – “To’qimachilik materiallari texnologiyasi  va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo’yicha “Sirtni faollashtiruvchi moddalar asosida pillani saqlash va chuvish texnologiyalarini  takomillashtirish”  mavzudsida 2019.22.11da   muvoffaqiyatli himoya qildi.

               Kafedraning mustaqil izlanuvchisi Xojimatov Azizbek Asomidddinovichning  05.07.02 –  Qishloq xo’jalik texnikalariga istiqbolli himoya qo’lamalarini qo’llab, chidamligini oshirish  ixtisosligi bo’yicha Qishloq xo’jalik texnikalariga istiqbolli  himoya qo’lamalarini қo’llab chidamliligini oshirish mavzusini “OAK ning 2019 yil 3-sondagi Axbrotnomada cho’ etildi. Xozirda ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish ishlari olib bormoqda.

Kafedra doktoranti  Axmadjonov Sarvarbek  Sodiqovich 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo’yicha “Quvurlarda gaz xarakati va impuls tarqalishining chiziqli va chiziqsiz modellari” mavzusi bo’yicha;  3-bosqichda taxsil olib kelmoqda.

Kafedra doktoranti Qodirov Ziyodulla Abdumuxtarovich 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo’yicha “Pilla va pilla ipining xususiyatlarini olinadigan maxsulot sifatiga ta’siri” mavzusi bo’yicha;

Kafedra doktoranti  Mo’minov Ulug’bek Mamitbekovich  05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo’yicha “Tolani tozalash samaradorligini oshirish maqsadida ikki seksiyali tola tozalash uskunasini takomillashtirish  va uning asosiy o’lchamlarini asoslash” mavzusi bo’yicha (PhD) dissertatsiya mavzusi bo’yicha doktoranturada o’qishni boshladilar.

Laboratoriya va turli to’garaklar

Gidropnevmoyuritmalar  kafedrasida  Gidravlika, Termodinamika va issiqlik texnikasi, Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurulmalari  fanidan  o’quv laborotoriya jihozlari xonasi mavjud bo’lib talabalarga labaratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. Shuningdek kafedra qoshida “Yosh mexanik”  to’garagi mavjud bo’lib to’garak raxbari etib kafedraning katta o’qituvchi N.Ibragimov  mashgulotlarga reja jadval asosida boshchilik qilib boradi. 

 

Kafedra oldidagi vazifalar

Kafedra jamoasi oldida zamonaviy  muhandislik tehnologiya  sohasidagi yetuk bakalavrlar  tayyorlash, o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar fan nomzodi,      2 nafar katta o’qituvchi,     8 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Gidropnevmayuritmalar fanlari  kafedrasida o’tiladigan fanlar  ro’yhati bakalavr ta’lim  yo’nalishlari  talabalari uchun.

  • Fanlarning nomi

    1. Mexanika -2
    2. Nazariy  mexanika
    3. Termodinamika va issiqlik  texnikasi
    4. Gidlavlika  va gidropnevmayuritmalar
    5. Gidravlika
    6. Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
    7. Issiqlik  texnikasi

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari

  • Izotermik va noizotermik turbulent oqimlarni sonli yechish
  • Biokimyo” zavodi chiqindilarini sintezlash orqali sirtni faollashtiruvchi moddalar asosida pillani saqlash va chuvash texnologiyalarini takomillashtirish.
  • Plyonka ostiga chigit ekish texnologiyasi asoslari
  • Qishloq ho’jaligi va avtomobilsozlikda metallarni tajovuzkor muxitdan saqlash bo’yicha istiqbolli ximoya qoplamalari.
  • Volterra tipidagi kvadratik stoxastik operatorlar qo’zgalmas nuqtalari haqida
  • Izotermik va noizotermik turbulent oqimlarni sonli yechish

GIDROPNEVMOYURITMALAR KAFEDRASIDAN
FOTO LAVHALAR

LABORATORIYA XONASIDAN FOTO LAVHALAR

Kafedra manzili

Andijon shaxar, Boburshox ko‘cha №39.  Andijon mashinasozlik instituti  “Avtomobilsozlik”  fakulteti.