Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page

Avtomobilsozlik kafedrasi

KAFEDRA MUDIRI

Saydaliyev Ismoiljon Nurmamatovich

Telefon:+998901486814

E-mail: Ismoiljonsaydaliyev@mail.ru

“Avtomobilsozlik” kafedrasining olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida
M A ‘L U M O T

«Avtomobilsozlik» kafedrasi tarixi 1996 yilda Toshkent davlat texnika universiteti Andijon filiali tarkibida tashkil etilgan “Transport vositalaridan foydalanish” kafedrasidan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Uzavtosanoat” uyushmasi va Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashabbuslari bilan institut Ilmiy Kengashining 1996 yil 31 avgust 1-sonli qarori va institut rektorining 1996 yil 2 sentyabr 591 “a” sonli buyrug‘iga binoan “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” nomi bilan qayta tashkil etilgan. Institut Ilmiy Kengashining 1999 yil 30 avgust 1-sonli qarori va rektorning 1999 yil 3 sentabr 629-sonli buyrug‘iga asosan kafedraning nomini davlat standartiga monand qilish maqsadida unga 2011 yil 20 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining” moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1533-sonli qaroriga asosan Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Andijon mashinasozlik institutiga aylantirishi to‘grisida”gi 2011 yil 25 iyundagi 214-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319-sonli buyrug‘i, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy kengashining 2011 yil 3 avgust 10 sonli bayonnomasi hamda institut rektorining 2011 yil 3 avgustdagi 545-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektorining 2011 yil 15 avgustdagi 563-sonli buyrug‘i bilan kafedraga “Yer usti transport tizimlari” nomi bilan atalib, 2014 yil 1-fevraldan “Avtomobilsozlik” kafedrasi  nomi bilan “Yer usti transport tizimlari”  kafedrasidan ajralib chiqdi  Kafedra “Avtomobilsozlik” fakulteti o‘quv binosining 1-qavatida joylashgan. Kafedraga 2021 yil fevral oyidan boshlab I.Saydaliyev mudirlik  qilmoqda.

Kafedra jamoasi oldida zamonaviy  avtomobilsozlik sohasidagi yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, 1 nafar (PhD), 4  nafar  katta o‘qituvchi,   9 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning  ilmiy saloxiyati o‘rindoshlar bilan birgalikda 36 %. Kafedra tomonidan yuritilayotgan  22 jilddan iborat ish yuritish xujjatlari  o‘z vaqtida va sifatli tarzda olib borilmoqda.

                             Kafedra tarkibi

Saydaliev Ismoiljon Kafedra mudiri
Almataev Tojiboy Professor 
Xudoyberdiev Tolibjon Professor oʻrindosh
Turdialiev Voxidjon Professor oʻrindosh
Qayumov Baxrom Dotsent
Tojiboev Begijon Dotsent oʻrindosh
Nosirov Ilxom Dotsent oʻrindosh
Karimjodjaev Nazirjon Dotsent
Abdullaev Abdupatto Katta o‘qituvchi
Sobirov Ma’murjon Katta o‘qituvchi
Qosimov Ilxom Assistent
Yoqubov Yoqubjon Assistent
Erkinov Ikromjon Assistent
Yusupbekov Xondamir Assistent
No‘monov Muxammadalishoxrux Assistent
Vaxobov Rustam Assistent
Ergashov Doston Assistent
Dadaboev Ravshanbek Assistent
Mirzaxamdamov Jasur Assistent oʻrindosh

Kafedra talabalari

Avtomobilsozlik va traktorsozlik yoʻnalishi talabalari kafedra talabalari hisoblanadilar.

Bakalavriat

5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik,  Fаn vа tеxnikа sohasidagi tа`lim yo’nаlishi bo’lib, avtomobillar, traktorlar ularning agregatlari va qismlarini loyihalash-konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bilаn bоg’liq kоmplеks mаsаlаlаr mаjmuаsini qаmrаb оlаdi. Avtomobil sanoati uchun yetuk kadrlar tayyorlaydi.

Magistratura

5A-310501 Avtomobilsozlik avtomobillar va traktorlarni takomillashtirish, ularning texnik darajasi va samaradorligini oshirish bo’yicha faoliyat yurituvchi bo’limlarida, mutaxassislik sohasi bo’yicha texnologik va konstruktorlik ilmiy-ishlab chiqarish muassasalarida, mutaxassislik sohasiga oid oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida, avtomobillar va traktorlarni loyihalovchi, ishlab chiqaruvchi tashkilotlarida faoliyat ko’rsatadi.

Ilmiy faoliyat.

Kafedra 2021 yilda quyidagi istiqbolli ilmiy mavzular bo‘yicha ish olib boradi:

  1. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish;

      2.  Yuqori  mustahkamlikka ega bo‘lgan, ikkilamchi xom ashyo asosida yangi materiallar yaratish.

Ilmiy va amaliy loyihalar.

  1. Dexqon va tomorqa xoʻjaliklari uchun mexanik ekkich loyihasi;
  2. Oʻzbekistonda oliy taʻlim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SINERGY);

Kafedra yutuqlari

  • Kafedara professor oʻqituvchilaridan I.Saydaliyev va Y.Yoqubovlar Rossiya Federatsiyasining Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika Unversitetida malaka oshirib qaytdilar;
  • Kafedara professor – oʻqituvchilari O.Tursunov, Y.Yoqubov va Z.Aysachevalar “EL-YURT UMIDI” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan Respublika koʻrik tanlovida muvaffaqiyatli o’tdilar.
  • Oʻzbekistonda oliy taʻlim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SINERGY) (2018-2020yillar) loyihasi doirasida tashkil qilingan Gretsiyaning garbiy Attika Universitetida va Sankt-Peterburg Politexnika Universitetida kafedra professori T.O.Almatayev, katta o’qituvchi I.N.Saydaliyev va O.Tursunovlar seminar treningda qatnashib qaytdilar.
  • Kafedara assistenti O.Tursunov Innovatsiya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan qisqa muddatli (2 oy) zamonaviy laboratoriya jixozlaridan foydalanishni o’rganish maqsadida Polsha davlatining Sileziya Texnologiya  Universitetiga stajirovka o’tashga yuborilish rejalashtirilgan.

“Avtomobilsozlik” kafedrasida darslar davomida olib borilayotgan
laboratoriya mashgʻulotlari
haqida ma`lumot.

“Avtomobilsozlik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan muntazam labaratoriya mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Ichki yonuv divigatellari laboratoriya xonasi

Kompyuterli loyihalash laboratoriya xonasi

Avtomobil elektr jihozlari laboratoriya xonasi

 “Avtomobilsozlik” kafedrasida faoliyat olib borayotgan to`garaklar haqida ma`lumot.

Assistent R.Voxobovning “Yosh muhandis” nomli va assistent D.Ergashevning “CAD Engineering” to`g`raklari talabalarning darsdan keying vaqtlarini mazmunli tashkil etish va muhandislik fanlarini puxta o`rganish maqsadida tashkil etilgan. To`garakda kompyuter grafikasi dasturlari yordamida chizmalarni loyihalash o`rgatiladi. Bu esa talabalarning “Kompyuterli loyihalash”, “Mashina detallari”,  “Transpot vositalarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari” kabi fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlaydi.

Har bir to`garakda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo`nalishi talabalarining 10-12 nafari tahsil olmoqda.

“Yosh muhandis” to`garagida mashg`ulotlar haftaning dushanba, chorshanba kunlari soat 16:00 da bo`lib o`tadi.

“CAD Engineering” to`garagida esa mashg`ulotlar seshanba va payshanba kunlari soat 16:00 da tashkillashtirilgan.

Kafedra oldidagi vazifalar

 “Avtomobilsozlik” kafedrasi Andijon mashinasozlik institutida “Mashinasozlik” fakultetining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Kafedrada Yo`naliga kirish, Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, Avtomobil qismlarini tayyorlash texnologiyasi, Tribologiya asoslari, Ergonomika va dizayn asoslari, Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi va dinamikasi asoslari, Avtomobillar va traktorlar ALT,  Avtomobillar va traktorlarni sinash asoslari, Avtomobil qismlarini yig`ishda zamonaviy texnologiyalar,  Elektrotexnika va avtomobillarning electron jihozlar, Issiqlik texnikasi  va ichki yonuv dvigatellari, Ichki yonuv dvigatellari, Avtomobil tayyorgarligi,  Avtomobillar va traktorlar nazariyasi va ALT, Avtomobillar va traktorlar dinamikasi, Avtomobil konstruksiyasiga qo`yiladigan xalqaro talablar, Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi texnologiya bopligi, Eksperimentni rejalashtirish va uning natijalarini statistic tahlili, Avtomobillar va traktorlarni avtomatlashtirish, Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi kabi fanlar bo`yicha o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • kafedra yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
  • kafedra fanlari bo`yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Tayanch oliy o`quv yurtlari professori–o`qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • o`quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo`yicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan o`quv rejalaridagi fanlar bo`yicha belgilangan mashg`ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish, ta`lim sifatini ta`minlash;
  • talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo`yicha tadbirlar o`tkazish;

  • iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan «Iste`dod» jamg`armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo`yicha choralar ko`rish;
  • talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo`lib bajarishga o`rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
  • tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta`minlash;
  • kafedra o`qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o`quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko`rib chiqish, tajribali o`qituvchilar faoliyatini o`rganish, umumlashtirish va ilg`or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy o`quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o`quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o`qitish elementlarini rivojlantirish;
  • ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko`rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo`jaliklar bilan aloqa o`rnatish;
  • kafedra ixtisosligi bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazish, ta`lim xizmati ko`rsatish tizimini rivojlantirish;
  • xorijiy ta`lim  muassasalari bilan ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • talabalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda turli mavzular, yo`nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo`yicha to`garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo`sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • kafedrada o`qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to`liq va sifatli o`tkazilishini ta`minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
    1. institut axborot-resurs markazini kafedra ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o`quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to`ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish. Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy avtomobil sohasidagi yetuk bakalavr tayyorlash, o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yhati

Avtomobilsozlik va traktorsozlik  yo’nalishlari talabalari uchun:

  1. Yo`naliga kirish
  2. Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi
  3. Avtomobil qismlarini tayyorlash texnologiyasi
  4. Tribologiya asoslari
  5. Ergonomika va dizayn asoslari
  6. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi va dinamikasi asoslari
  7. Avtomobillar va traktorlar ALT
  8. Avtomobillar va traktorlarni sinash asoslari
  9. Avtomobil qismlarini yig`ishda zamonaviy texnologiyalar

Avtomobilsozlik va traktorsozlik   mutaxassisliklari talabalari uchun:

  1. Avtomobillar va traktorlar nazariyasi va ALT
  2. Avtomobillar va traktorlar dinamikasi
  3. Avtomobil konstruksiyasiga qo`yiladigan xalqaro talablar
  4. Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi texnologiya bopligi
  5. Eksperimentni rejalashtirish va uning natijalarini statistic tahlili
  6. Avtomobillar va traktorlarni avtomatlashtirish
  7. Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi

Kafedra manzili:

Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshox koʻcha 39-a uy “Avtomobilsozlik” fakulteti