Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Mashinasozlik texnologiyasi

 

Mashinasozlik texnologiyasi fakultet dekani

iqtisod fanlar nomzodi, dotsent 

Eshonov Muxammad-Ayyub Xoshimjon o’g’li

  Telefon: +998934121054; +998902597577

  E-mail:  maeshonov@umail.uz

 

       O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 3 noyabrdagi “Andijon mashinasozlik instituti Ustavini tasdiqlash xaqida”gi 427-sonli buyrug’i, Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2015 yil 4 noyabr kungi 918-sonli va shu yilning 11 noyabr kungi “Institut tuzilmasiga o’zgartirish kiritish xaqida”gi 951-sonli buyrug’i, Andijon shaxar Hokimligining 2015 yil 23 dekabrdagi “Andijon mashinasozlik institutining yangi tahrirdagi Nizomini qayta Davlat ro’yxatiga olish to’g’risida”gi ro’yxatdan o’tkazilganligi xaqidagi 851-K-sonli Qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti tarkibida Mashinasozlik texnologiyasi   fakulteti tashkil etildi.

       Fakultet boshqaruvi fakultet dekani va dekan o’rinbosarlari orqali amalga oshiriladi.

    «Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti tarkibiga kiritilgan bakalavriat yo’nalishlari:

1. 5320300  –  «Texnologik mashinalar va jixozlar»(mashinasozlik) yo’nalishi

2. 5320200 – «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish» yo’nalishi

3. 5111000 – «Kasb ta’limi»(5320200 – «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish») yo’nalishi.

4. 5230100  – «Iqtisodiyot»(real sektor) yo’nalishi.

5. 5640100 – «Hayotiy faoliyat xavfsizligi»  yo’nalishi.

«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasida  5A320201 – «Mashinasozlik texnologiyasi va jixozlari»(ishlab chiqarish bo’yicha)  magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanadi.

Fakultet dekani o’rinbosarlari:

  1. YUlchiyev Erkin YUsufjonovich – ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  2. Muxtorov Maxmudjon Marufovich – ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  3. YUsupov Abdurashid Xamidullaevich – o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  4. Mirkomilov Ozodbek Oqyo’ljonovich –  o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  5. Sattikulova Gulnora Axmadxonovna – o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

       Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti institut boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Fakultet faoliyati tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi.

       Fakultet dekanatining vazifalari:

  • o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-tarbiyaviy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
  • fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
  • institut Ilmiy kengashi va fakultet kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
  • kasbiy etikani shakllantirish masalalariga e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • o’quv-tarbiya jarayoni hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • o’quv mashg’ulotlari jadvalini bajarilishini nazorat qilish, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
  • talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
  • talabalarni kursdan-kursga o’tkazish, talabalar safidan chetlatish, yakuniy davlat attestatsiyaga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to’g’risidagi buyruq loyihalarini tayyorlash, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo’lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo’limi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
  • talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
  • fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, ingliz tilini o’rganish va kompyuter savodxonligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etilishini ta’minlash;
  • “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o’tkaziladigan ko’rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etish;
  • oliy ta’lim muassasining marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini va mehnat bozorini o’rganish;
  • boshqa ta’lim muassasalari bilan pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar almashish uchun o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
  • o’z vakolati doirasida, fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bo’lgan farmoyish, yo’riqnoma yoki ko’rsatmalar chiqarish;
  • fakultetda o’qitiladigan fanlarni mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish choralarini ko’rish;
  • ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri bo’lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko’rish;
  • talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va foydali mehnat mashg’ulotalari bilan shug’ullanishlarini ta’minlashga yo’naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo’shilib qolishlarining oldini olish;
  • oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari talablari asosida talabalarning haftalik o’quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini o’qitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtirish;
  • talabalar orasida o’quv intizomini yaxshilash mexanizmini yanada takomillashtirish, faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tatbiq qilish;
  • fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o’zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg’ularini shakllantirish;
  • o’quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish;
  • O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar murojaatlari to’g’risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolarni qabul qilish va belgilangan muddatda murojaatlarni ko’rib chiqish;

 

       Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida bakalavriatning kuyidagi talim yo’nalishlari bo’yicha yo’lga qo’yilib, hozirgi kunda jami 1336 nafar talaba tahsil olmoqda.

  1. 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) – 107 nafar talaba
  2. 5111000 – Kasb ta’limi (5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish) – 82 nafar talaba
  3. 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar– 489 nafar talaba
  4. 5640100 – Xayotiy faoliyat xafvsizligi– 68 nafar talaba
  5. 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish – 590 nafar talaba

       Fakultet tuzilmasida kuyidagi 6 ta kafedrada jami 106 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib boradilar.

 

«Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti tarkibidagi kafedralar:

  1. Mashinasozlik texnologiyasi Kafedra mudiri t.f.n., dotsent X.Akbarov, kafedra professor-o’qituvchilari soni 23 nafar.
  2. Texnologik mashinalar  va jixozlar Kafedra mudiri t.f.n., dotsent N.Qobulova, kafedra professor-o’qituvchilari soni 20 nafar
  3. Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish Kafedra mudiri i.f.n., dotsent M-A.Eshonov, kafedra professor-o’qituvchilari soni 14 nafar
  4. Ijtimoiy fanlar Kafedra mudiri i.f.n., dotsent G.Bazarova, kafedra professor-o’qituvchilari soni 8 nafar
  5. Fizika va kimyo Kafedra mudiri p.f.n., dotsent G.Umarova, kafedra professor-o’qituvchilari soni 16 nafar
  6. Xorijiy tillar Kafedra mudiri N.Mirzaeva, kafedra professor-o’qituvchilari soni 25 nafar.