Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Institut tarixi

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedogogik texnologiyalar va o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilingan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligininig manfatdor vazirliklari, idoralari va xo’jalik birlashmalari bilan kelishilgan ixtisoslashuvini o’zgartirish va qayta tashkil etish to’g’risidagi taklifga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ‑1533 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini Andijon  mashinasozlik institutiga aylantirish to’g’risidagi 2011 yil 25 iyuldagi 214 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319 sonli buyrug’iga binoan Andijon muxandislik‑iqtisodiyot instituti negizida  Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.

Institutni boshqaruv jarayoni iqtisod fanlari doktori, professor Sotvoldiev  Abdulaziz Abdimo’minovich  tamonidan davom ettirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 12 avgustdagi 234-qarori asosida institut professori, tarix fanlari doktori U.S.Abdullaevga rektor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2011 yil 6 oktyabrdagi 277-qarori asosida R.X.Saydaxmedov  Andijon  mashinasozlik  instituti rektori etib tayinlandi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2013 yil 2-maydagi 117-qarori asosida texnika fanlari nomzodi A.E.Teshaboev  Andijon  mashinasozlik  instituti rektori etib tayinlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 maydagi “2011/2012 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi 1564-sonli Qarori va yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib institutga 2011-2012 o’quv yilidan 8 ta ta’lim yo’nalishlari  bo’yicha talabalar qabul qilingan. Bu yo’nalishlar: 5111025 – Kasb ta’limi (Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish);  5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik; 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ulardan foydalanish (avtomobil transporti); 5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik); 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha); 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 maydagi “2012/2013 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi 1751-sonli Qaroriga asosan institutga 2012-2013 o’quv yilidan boshlab yuqoridagi 8 ta ta’lim yo’nalishlariga qo’shimcha tarzda yana 2 ta  yangi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha birinchi bor qabul amalga oshirildi: 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar.

2011-2015 o’quv yillari davomida jami 3 ta fakultet faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ular: Avtomatika va elektrotexnologiya, Mashinasozlik, Texnika fakultetlaridir. Mazkur fakultetlarda 2011-2012 o’quv yillarida jami 20 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2384 nafar, 2012-2013 o’quv yili davomida esa 22 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2558 nafar talaba tahsil olib, mutaxasisliklari bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’ldilar.                     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 iyundagi “2013/2014 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi PQ-1982 sonli Qaroriga asosan institutga 2013-2014 o’quv yilidan boshlab quyidagi 4 ta:

yo’nalishi ya’ni “5A310501-Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “5A310902-Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish”, 5A320201-Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” va “5A320311-Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari”  mutaxassisliklari bo’yicha magistraturaga qabul amalga oshirildi.

2013-2014 o’quv yili davomida mavjud fakulьtetlarda jami 20 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2885 nafar talaba taxsil olgan.

Joriy 2014-2015 o’quv yili davomida jami 10 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 3187 nafar talaba taxsil olmoqda.

Bugungi kunga kelib, institutda “Texnologiya”, “Avtomatika va elektrotexnologiya” hamda “Mashinasozlik” fakulьtetlari        negizida 10 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

O’quv jarayonlari  mavjud 18 ta kafedra asosida tashkil etilgan (1- ilova). 2014-2015 o’quv yilida institut strukturasi qayta ko’rib chiqilishi natijasida  “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshkarish”, “Metrologiya, standartlashtirish, va mahsulot sifati menejmenti” hamda “Gidropnevmoyuritmalar” kafedralari yangi tashkil etildi.

Andijon mashinasozlik instituti bugungi kunda bir qancha horijiy Universitetlar bilan hamkorlik aloqasini o’rnatgan. Xususan, Germaniyaning Dortmund texnika Universiteti shu jumladandir. 2014 yil 18 sentyabrь kuni Folьksvagen fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “An’analarni zamonaviylashtirish: O’zbekiston to’qimachilik me’rosi, madaniy va iqtisodiy resursi sifatida” mavzusidagi grant davom ettirildi. Grant natijalariga ko’ra, Dortmund va Aaxen texnik universitetlari bilan mashinasozlik, energetika va tekstilь sanoati soxasida  ilmiy hamkorlik o’rnatildi. SHuningdek “Tempus” Xalqaro ilmiy dasturi buyicha yangi loyiha ishlab chiqilishi belgilab olindi va avtomobilsozlik, mashinasozlik korxonalari uchun marketing xizmatlarini taklif qilish imkoniyatlarini o’rganish rejalashtirildi. “Tempus” Xalqaro ilmiy dasturi loyihasi buyicha Andijon mashinasozlik institutida nemis tilini o’rgatishga yordam ko’rsatilishi ko’zda tutilmoqda.

Aytish joizki, “Uzavtosanoat” AK korxonalari bilan “Maxsulot birligi uchun elektr energiyasi sarfi me’yorlarini ishlab chiqish”, “Maxsulot birligi uchun xom ash’yo sarfi meyorlarini ishlab chiqish”, “Mehnat muxofazasi”, “Xavfli yuklarni tashish qoidalari”, “Kompьyuter texnologiyalari” mavzularida 155,84 million so’mlik xo’jalik shartnomalar tuzildi, va 96,24 million so’m mablag’  institut xisob raqamiga tushirildi.

2011 yil 20 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining modiy-texnika bazasini mustaxkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1533 sonli  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish yo’nalishida 2014 yilning  avgust oyida 9 nafar, oktyabrь oyida esa 8 nafar yosh o’qituvchilardan iborat ikkita guruh tuzildi va ularni Toshkent shahridagi “GM Powertrain Uzbekistan” qo’shma korxonasida stajirovka o’tashlari tashkil qilindi.

Andijon mashinasozlik instituti o’zining rivojlanish tarixiga ega.          Mustaqilligimizning ilk yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan, 28 fevralь 1992 yilda Respublikamizdagi bir qator Oliy o’quv yurti filiallari qatorida Toshkent Halq xo’jalik institutining Andijon filiali bazasida mustaqil  Andijon “Iqtisodiyot va boshqaruv” institutiga tashkil etildi. Institut yo’nalishi o’zgarishi yakunlandi, iqtisodiy kafedralardan faqat bittasi qoldi, yangi 8 ta mashinasozlik yo’nalishidagi kafedralar shakllantirildi va faoliyati rivojlantirilmokda. Xususan, 2014-2015 o’quv yilida “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshkarish” “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” hamda “Gidropnevmoyuritmalar” kafedralari yangi tashkil etildi.

O’zgarishlar xisobidan professor-o’qituvchilar tarkibi 65%ga yangilandi.Institutga 38 nafar yosh magistrlar, turdosh institutlardan va ishlab chikarish korxonalaridan 44 nafar yetuk mutaxassis jalb etilgan, shu jumladan 3 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodi.

Ta’lim yo’nalishlari soni kengaytirildi va hozirda 11 taga teng, shu jumladan muhandislik yo’nalishlari – 9tani tashkil etadi. Magistratura tashkil etilgan va xozirda 4 ta mutaxassislik buyicha ta’lim berilmoqda.

Institutning rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni tubdan yangi darajaga chiqarish faoliyati olib borilmoqda.

Institut oldida turgan vazifalardan hamda ishlab chiqarish ehtiyojidan  kelib chiqqan holda asosiy kafedralar va xizmatlarning ilmiy va rivojlanish yo’nalishlari aniqlandi.

160 dan ortiq o’qituvchi o’z pedagogik va kasbiy malakalarini oshirganlar (78%), 40 dan ortiq yosh o’qituvchilaruchun GM-Uzbekistan, GM Power Train va boshqa ko’shma korxonalarda stajirovkalar tashkil kilindi.

2ta yetakchi xorijiy texnika universitetlari bilan hamkorlik o’rnatilgan, institut xalqaro Texnik universitetlar assotsiatsiyasiga a’zo sifatida kabul kilingan,3 nafar yosh o’qituvchi xorijda malakasini oshirdi.

19 ta yirik sanoat korxonalarida talabalarningmalakaviy amaliyoti va laboratoriya ishlarini o’tkazish tashkil etildi.

O’quv jarayoni uchun institut kafedralari tomonidan 39 ta ko’rsatma va 20 dan ortik stend ishlab chikildi.

Institutda korxonalar bilan hamkorlik tubdan yaxshilandi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida korxonalarga xo’jalik shartnomalari asosida injiniring xizmatlarini ko’rsatish orqali 2012 yilda 58755,4 ming so’m, 2013 yilda – 76744,8 ming so’m, 2014 yilda 255802,8 ming so’m byudjetdan tashqari mablag’lar ishlab topildi. Ya’ni, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan o’sish 130,6% va 2014 yilda 2013 yilga nisbatan o’sish dinamikasi 333,3% ni tashkil etdi.

Tadbirkorlik asosida ishlab topilgan mablag’larning 1 nafar professor-o’qituvchiga to’g’ri keladigan ulushi 2012 yil 346,8 ming so’m, 2013 yil 327,0 ming so’m va 2014 yil 609,8 ming so’mni tashkil kilgan, ya’ni 175,6% o’sishga erishildi.

Hozirda 1 ta xalkaro grant, 9 ta innovatsion va 38ta xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar, injiniring ishlari olib borilmokda.

Institut energoresurslarni hamda tovar-moddiy va mehnat resurslarini me’yorlashtirish bo’yicha yetakchi tashkilot darajasiga ko’tarildi va so’nggi ikki yil ichida ushbu soha yuzasidan tuzilgan xo’jalik shartnomalari800 mln.so’mni tashkil qildi.

2 ta Xalqaro va 3ta respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalari o’tkazildi.

Institutning moddiy-texnik bazasi tubdan yaxshilanmokda – barcha o’quv binolari va inshootlari rekonstruktsiya bo’lgan yoki bo’lmoqda.

   2 ta kompьyuter-test sinov zallari va auditoriyalari tashkil kilingan, 8 auditoriyazamonaviy texnik o’qitish vositalari bilan jihozlandi.

Texnopark va 34 ta ilmiy-o’quv laboratoriyalariga texnik talablar shaklantirilgan hamda vazirlikka taqdim etildi.

So’nggi ikki yil ichida xorijiy manbalardan, shu jumladan xalkaro kasbiy assotsiatsiyalardan va Internet orqali 420 nomdagi texnik ilmiy va o’quv adabiyotlar olindi

Avtomobilsozlik ta’lim yunalishi buyicha Davlat ta’lim standarti loyihasi ishlab chiqilgan va taqdim etildi, tanlov fanlarga yangi, ishlab chikarishda dolzarb 10 ta o’quv fani kiritildi.

Institutda yangilanish, mas’uliyatlilik, ilmiy rivojlanish, ijodkorlik va doimo o’z ustida ishlash muhiti shakllantirilmokda. Institut Rektori etib i.f.d., professor Iminov Toxir Karimovich tasdiqlandi.

         Mustaqil institut sifatida jamoa o’z oldiga ulkan vazifalarni maqsad qilib qo’ydi. Avvalo institutni har taraflama rivojlantirish, ilmiy pedagogik salohiyatini orttirish, o’quv jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnik vositalar bilan taьminlash va  o’quv jarayonlarida ulardan to’la foydalanishni yo’lga qo’yish muhim vazifalardan  biri  bo’ldi.

Institut Ilmiy salohiyatini ko’tarish maqsadida Toxir Karimovich Iminov rahbarligida institut tayanch Oliy o’quv yurti bo’lgan  Toshkent Davlat Iqtisodiyot unversiteti hamda Moskva, Sank-Peterburg, Kiev shaharlaridagi unversitet, institut va ilmiy markazlar bilan ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’yicha  ilmiy hamkorlik aloqalarni yo’lga qo’ydi.

Natijada institutning iqtidorli professor-o’qituvchilardan bir guruhi yuqoridagi ilmiy markazlarda doktorantura va aspiranturalarda tahsil olib doktorlik va nomzodlik dissertatsiya ishlarini bajardi va muvoffaqiyat bilan himoya qilib,  institutning ilmiy

SHuningdek qisqa vaqt ichida institutning moddiy texnika bazasi kengaytirildi. Institut yonida joylashgan o’quv ishlab chiqarish kombinatining binosi institut balansiga o’tkazildi. Institut mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo’la boshladi.

Institutga iqtidorli yoshlarni ko’plab qabul qilish maqsadida  institut qoshida Vazirlar Maxkamasining1992 yil 29 maydagi № 515 sonli qaroriga binoan  Respublikamizdagi Oliy o’quv yurtlari ichida birinchilardan bo’lib, shu institut bazasida iqtisodiyot litsey internati tashkil etildi. Bu litsey internatni tugatgan  talabalarning 95-98 % o’sha yilning o’zida yoq turli yo’nalishlar bo’yicha institutga va universitetlarga muvaffaqiyatli kira oldi. Ulardan ayrimlari keyinchalik aspiranturada o’qib nomzodlik dissertatsiya ishlarini himoya qildi. Xozirgi kunga kelib bularning ayrimlari Respublikamizdagi bir qator oliy o’quv yurtlarida professor o’qituvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.  Ba’zi birlari esa rivojlangan xorijiy davlatlardagi unversitetlarda o’qib o’z bilimini mustaxkamlab Oliy o’quv yurtlarida va xalq xo’jaligining turli xil tarmoqlarida o’z foliyatini olib bormoqda.

1994 yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya komissiyasining qaroriga binoan institutda ikkita “Iqtisodiy nazariya” va “Makroiqtisod” mutaxassislik bo’yicha kunduzgi va sirtqi aspirantura ochildi.

Institut rektorining 1995 yil 16 martdagi №110 sonli buyrugiga binoan viloyatimizdagi rahbar hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida “Oliy menedjerlar markazi” tashkil etildi va o’z faoliyatini yurita boshladi.

Toxir Karimovich Iminov o’zining izlanuvchanligi, mustakil fikr yurituvchi rahbar sifatida o’zini ko’rsata oldi va institut professor o’qituvchilari va xodimlari orasida katta xurmat hamda e’tiborga ega bo’ldi.

1989-2011 yillar davomida jami 98 ta fakulьtetlar faoliyat ko’rsatgan bo’lib, Bu fakultetlarda jami 247 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 53380 nafar talaba taxsil olgan.

Andijon mashinasozlik institutning tarkibiy qismlaridan xisoblangan sobiq Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon filiali 1990 yillarga kelib Andijon viloyatida to’qmachilik va yengil sanoat yo’nalishiga tegishli bo’lgan va shu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan korxonalar soni 60 ta dan ortib ketdi. Bu korxonalar jumlasiga paxta tozalash zavodlari, pilla tayyorlash va unga dastlabki ishlov berish korxonalari, Andijon ip-gazlama kombinati va uning 9 ta filiali, Buloqboshi pillakashlik fabrikasi xamda bir qancha to’qimachilik va yengil sanoati, va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini kiritish mumkin.

Ammo bu korxonalar uchun oliy ma’lumotli muxandis-texnolog, muxandis-mexanik mutahassis kadrlar tayyorlaydigan o’quv maskani viloyatda yo’q edi. Bu esa viloyatda texnika taraqqiyotini oqsab qolishga taьsir etuvchi asosiy sabablardan biriga aylandi. Respublikamizda, shu jumladan Andijon viloyatida to’qimachilik va yengil sanoatining rivojlanishi va uning qadrlarga bo’lgan extiyojini to’la qondirish maqsadida 1990 yil mart oylarida TTESI ning Andijon filiali vazirlar maxkamasining qarori bilan yana qayta tiklangan. SHu yili TTESI ning Andijon filialga quyidagi ixtisosliklar bo’yicha, 250 nafar talaba kunduzgi va sirtqi bo’limlarga qabul qilindi.

1.“Yakka buyurtma bo’yicha trikotaj buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash texnologiyasi”,

2.“Yakka buyurtma bo’yicha kiyim tayyorlash va ta’mirlash texnologiyasi”,

3.“Yakka buyurtma bo’yicha charm buyumlari va poyafzal tayyorlash va ta’mirlash texnologiyasi”

4.“To’qimachilik buyumlarini kimyoviy bo’yash, tozalash va maxsus ishlov berish texnologiyasi”

1992-1993 o’quv yilidan filialda aholiga maishiy texnika xizmatni yanada takomillashtirish maqsadida “Maishiy texnika jixozlarini ishlatish va taьmirlash” ixtisosligi bo’yicha qadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.

1981 yildan 1995 yilgacha Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon filialida o’quv jarayonlarning to’gri tashkil etish, doimiy nazoratni yo’lga qo’yish  maqsadida fakulьtet dekani lavozimi tashkil etilgan bo’lib  bu lavozimda  t.f.n.,  dotsent  Axmedov K.K., f-m.f.n.,  dotsent  O’rinboev va p.f.n., dotsent Axlimirzaev A.lar faoliyat olib borganlar.

Filialni qayta tashkil etishda va tiklanishida xamda uning moddiy texnika bazasini boyitishda ilmiy pedagog qadrlar tayyorlashda t.f.n.,  dotsent A.Abduraxmonov boshchiligida dotsentlar T.Djalilova, K.Yusupova,  A.Axlimirzaev, Z.Jo’raev,  A.Raximov,  M. Okilxonova, A.Ruziev,   marxum (N.Urmonov, A.Nazarov,   SH.Nazirov, A.Saidov, B.To’ychiev, I.Raximova, A.Davronov, T.Murodov)  va boshqalarni hissalari beqiyosdir.

Toshkent politexnika institutining Andijon umumtexnika fakulьteti Viloyatimizdagi mashinasozlik  korxonalari,  avtokorxonalar va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish tarmoqlarini yanada rivojlantirish  xamda bu  korxonalarini yetuk oliy mal’umotli mutaxassis kadrlar bilan taьminlash maqsadida 1991 yil  Vazirlar Maxkamasining  qaroriga binoan Toshkent Politexnika institutining Andijon  Umumtexnika fakulьteti tashkil etildi. Fakulьtetga t.f.d., professor N.Yu.Tashlanov rahbar etib tayinlandi. 1991 yildan 1995 yilgacha bo’lgan davrda fakulьtetda kunduzgi va kechki bo’limlarida quydagi mutahassisliklar bo’yicha talabalar taxsil olgan. Mashinasozlik texnologiyasi, Payvandlash ishlari texnologiyasi, sanoat elektronikasi va  yer usti transport tizimlari.

Fakulьtet rahbari professor N.Tashlanov fakulьtetni rivojlanishi uchun katta ishlarni amalga oshirgan. Ko’plab yosh istidodliy olimlarni fakulьtetda ishlashi uchun ishga taklif qilgan. Natijada qisqa vaqt ichida fakulьtetda talabalar soni bilan birga ilmiy darajaliy professor o’qituvchilar  soni keskin ortishiga sabab bo’lgan. Bu esa fakulьtetda shunga mos ravishda yangi  kafedralar ochilib tashkil qilinishiga olib kelgan.

1991-1995 yillarda fakulьtet tarkibida 7 ta kafedra mavjud bo’lib, bu kafedralarda quyidagilar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Tabiiy fanlar kafedrasida f.m.f.n., dotsent A.Abduazimov, Ijtimoy gumanitar fanlar kafedrasida  f.f.n., dotsent M.Nurmuxamedov, Oliy matematika kafedrasida katta o’qituvchi M.Oxunov,  Fizika kafedrasida f-m.f.n., dotsent Parpiev A., Umummuxandislik fanlar kafedrasiga t.f.n., dotsent T.Almataev, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasiga t.f.n., dotsent X.Akbarov  va Payvandlash texnologiyasi kafedrasida   t.f.n., dotsent K.Qosimov. SHu yillardagi viloyat rahbarlari tomonida  Umumtexnika fakulьtetini rivojlanishiga katta amaliy yordam ko’rsatgan. 1991 yil Umumtexnika fakulьteti uchun   400 ta  talabaga mo’ljallangan o’quv binosi, va  1992 yil 400 ta talaba mo’ljallangan talabalar turar joy qurib ishga tushirilgan.

Andijon  “eksperimental o’quv ishlab chiqarish” markazi  1994 yilning noyabrь oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  maxsus qaroriga ko’ra TTESI Andijon filiali va Toshkent davlat texnika universitetining Umumtexnika fakulьteti bilan  birlashtirilib Andijon Eksperimental  o’quv ishlab chiqarish markazi tashkil topdi. Markazning asosiy vazifalari viloyatdagi yetuk texnik professional malakaga ega bo’lgan olim va mutahassislar intellektual potentsialini bir joyga jamlab, undan xozirda mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan maishiy xizmat, to’qimachilik va yengil sanoat, avtomobilsozlik, mashinasozlik kabi sohalar uchun yuqori malakali mutahassislar tayyorlashga jalb qilish, o’quv ishlab chiqarish laboratoriyalari texnologiya namunalarini sinovdan o’tkazish va ishlab chiqarishga tavsiya qilishdan iborat edi.

Andijon eksperimental o’quv ishlab chiqarish markazi negizida  Texnologiya  va  Mexanika   fakulьtetlari tashkil etildi.

Texnologiya  va  Mexanika  fakultetlarga  t.f.n., dotsent Raximov Alisher Yusupjonovich va t.f.n.,  dotsent Almataev Tojiboy Arziqulovich  tayinlandi.

Qisqa vaqt ichida bu 2 ta kollektiv professor o’qituvchilari tomonidan talay ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Markazda bir qancha  kafedra tashkil etilgan. Kafedra mudirligiga yetuk professor o’qituvchilar tayinlangan. Oliy matematika kafedrasiga f.m.f.n., dotsent Jalilova T., Fizika kafedrasiga f.m.f.n., dotsent Parpiev A., Avtomatika va elektro texnika kafedrasiga t.f.n., dotsent Aqilxonova M., Umum muxandislik fanlari kafedrasiga t.f.n., dotsent Butabaev SH., Mashinasozlik kafedrasiga t.f.n., dotsent Akbarov X., Yer usti transport tizmlari kafedrasiga t.f.d., professor Jo’maboev A., Maishiy xizmat texnologiyasi kafedrasiga t.f.n., dotsent Yusupova K., Trikotaj buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasiga t.f.n., dotsent. Abduraxmonov A. va Kimyoviy texnologiyalar kafedrasiga k.f.n., dotsent Davronov A lar  kafera mudiri etib tayinlandi.

Andijon muxandislik iqtisodiyot  instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyunь kungi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi  211-sonli qarori bilan Andijon “Boshqaruv va iqtisodiyot!” instituti va  Andijon  “Eksperimental o’quv ishlab chiqarish” markazi negizida Andijon “Muxandislik-iqtisodit” instituti tashkil qilindi. Bu institutga iqtisod fanlari doktori professor  Sotvoldiyev Abdulaziz Abdumuminovich rektor etib tayinlandi. Institut rektori Abdulaziz Abdumo’minovich institutning rivojlanishiga jiddiy etibor qaratdi. Natijada institut qisqa vaqit ichida Respublikamizdagi Oliy o’quv yurtlar orasida oldingi o’rinlarga chiqib oldi. Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga bo’lgan eьtibori tufayli Abdulaziz Abdumo’minovich rektorlik davrida  institutda 4 nafar fan doktori, 38 nafar fan nomzodlari yetishib chiqdi. Bulardan 1 nafar fan doktoriga, 4 nafar fan nomzodlariga shaxsan Abdullaziz Abdumo’minovich rahbarlik qilgan. SHu yillar ichida institutning moddiy texnika bazasi yana xam kuchaydi. Yangi zamonaviy o’quv laboratoriya jixozlari bilan institutdagi kafedralar taьminlandi. Bularning ayrimlari esa Abdulaziz Abdumo’minovichning say’i harakati bilan xomiy tashkilotlar xisobiga olindi. Masalan Transport vositalaridan foydalanish kafedrasi uchun 10 mln so’mlik  laboratoriya jixozlari 19 yili  O’z avto sanoat kontserinidan olindi. O’quv binolar va talabalar turor joylari kapital taьmirlandi. Institut xududi obodonlashtirildi. Talabalarni darsdan bo’sh vaqitlarida dam olishilar uchun institut xududida dam olish joylari tashkil etildi. SHu yillar ichida bir qator yirik fundamentalь, amaliy va innovatsion  loyixalar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Institut professor o’qituvchilari tomonidan xorijiy xalqaro grant loyixalarida ishtirok etishi yo’lga qo’yildi. Masalan TEMPUS-3, TEMPUS-4 dasturi bo’yicha va  Folьsvagen grand loyixalarida bir qator institut professor o’qituvchilari qatnashdi. SHu grant loyixalari bo’yicha institutga 13650 yevrolik, ort texnika olindi.  Bulardan tashqari institut professor o’qituvchilarini o’z yo’nalishlar bo’yicha malakasini oshirish uchun Yevropa, Osiyo va Afirka qittasidagi rivojlangan  davlatlarga borib kelishi  uchun sharoitlar yaratib berdi.