Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Axborot texnologiyalar markazi

Axborot texnologiyalar markazi boshlig’i

Zulunov Ravshanbek Mamatovich

  Telefon: (74) 2234212

  E-mail: andmiedu@umail.uz, zrm@andmiedu.uz

 Markaz haqida

Axborot texnologiyalar markazi dasturiy va texnik qo’llab quvvatlash, veb-sayt, masofaviy ta’lim va kompyuter sinflari ishlashini ta’minlash boyicha faoliyat olib boradi. Markazning  asosiy vazifasi institut o’quv, Ilmiy  va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot–kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo’yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • axborot marketingni tashkil etish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish;
  • axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;
  • masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
  • horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash;
  • internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;
  • hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
  • axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash;
  • ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish;
  • ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
  • seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish.

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, TATU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish;
  • o‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;
  • ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
  • jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
  • yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
  • Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.