Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
XABARNOMA

Andijon mashinasozlik institutida «GM-Uzbekiston» AJ, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida 2017 yil 26 aprel kuni “Innovatsion rivojlanish muammolari: ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan” mavzusida Vazirlik miqyosida ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanning maqsadi – Mashinasozlik tarmoqlarining Respublikamiz iqtisodiy o‘sishidagi roli va ahamiyatini, ularning rivojlanishida ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan integratsiyasi rolini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berish.
Anjumanning vazifalari:
– Mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishida ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan integratsiyasi roli va ahamiyatini tahlil qilgan xolda tavsiyalar ishlab chiqish;
– Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish muammolarining yechimlarini izlab topish;
– Mashinasozlik tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Ilmiy- texnikaviy anjumanning yo‘nalishlari:
– texnika yo‘nalishlari;
– aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari;
– iqtisodiy yo‘nalishlar;
– gumanitar yo‘nalishlar.
Anjumanda qatnashish uchun muhandislik texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar, oliy ta’lim muassalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va talabalar taklif etiladi. Anjuman qatnashchilariga to‘plamning elektron varianti topshiriladi. Eng yaxshi ilmiy maqolalar institutning “Mashinasozlik” ilmiy xabarnomasida chop etishga tavsiya etiladi.
Matnni yozish va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Taqdim etilayotgan material TimesNewRoman tahririda 4 betgacha bo‘lgan hajmda A4 formatdagi qog‘ozga rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning hoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan- 3 sm, o‘ngdan- 1,5 sm, yuqori va pastdan- 2 sm. Abzats uchun 1 sm qoldiriladi. Matn – eni bo‘yicha tekkislangan va bo‘g‘imsiz bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida: 1,5 interval.
Ma’ruzaning nomi markazga kichik qoraytirilgan shriftlar bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning FISh, ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning tagiga qator qoldirmasdan kichik xarflarda tashkilot va shaharning to‘liq nomi yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi. Maqolada kirish, mavzuni asoslash, usulning mohiyati, olingan natijalar, xulosalar va adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi kerak. Maqola muallifning ish joyidan chop etish uchun ekspertiza xulosasi bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Tashkiliy qo‘mita materialni olgandan keyin 2 kun ichida muallifning elektron pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Barcha maqolalar muallifning tahriri bo‘yicha chop etiladi. Tashkiliy qo‘mita taqdim etilgan materiallarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Barcha materiallar anjumanning tashkiliy qo‘mitasiga 2017 yil 20 aprelgacha conf-andmi@umail.uz elektron pochtaga, yoki institutning manzili: 1700019 Andijon sh. Bobur shox ko‘chasi, 56- uyga pochta orqali yuboriladi, yoki topshiriladi. Anjumanda qatnashish uchun har bir ishtirokchi anketani (ilova) to‘ldirib jo‘natishi kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun institutning ilmiy bo‘lim mas’ulii Muratova Zulfizar Ahmadjonovnaga +99893 413-21-33 telefon raqamiga, yoki (074) 223-47-18 raqamiga murojat etish mumkin.
Anjumanning tashkiliy masalalarini hal etish uchun maqolaning har bir sahifasi uchun 8000 so‘m miqdorida mualliflik to‘lov badali belgilangan. Rekvizitlar: Oluvchining nomi MB, BB, XKKM Toshkent sh., h/r 23402000300100001010, MFO 00014, STIR 201122919. To‘lov badali uchun: ShXV 4001 1086 0034 0179 5010 0079 001, Andijon mashinasozlik instituti, INN 202525534.

ANJUMAN ISHTIROKChISINING ANKETASI

1.   Familiyasi, ismi, sharifi
2.   Ma’ruza mavzusi
3.   Ishtirok etishi kutilayotgan anjuman sho’basi
5.   Tug’ilgan sanasi
6.  Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni
7.   Tashkilot nomi
8.  Tashkilot manzili

(с указанием почтового индекса)

9.   Uy manzili (pochta indeksi bilan)
10. Telekommunikatsiyalar:

–   ish telefon raqami

–   uyali telefon raqami

–   faks

–   E-mail